Kontent qismiga oʻtish

Mir Husayn Kulankiy Buxoriy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mir Husayn Kulankiy Buxoriy (XVI asr, Hirot) — xattot, nastaʼliq xatining yirik ustasi. Manbalarda Mir Ali Hiraviyning 7 mashhur shogirdlaridan biri deb zikr qilinadi. Abdullaxon IIning kitobdori boʻlgan. Mir Husayn Kulankiy Buxoriy nomiga „Kitobdori Sultoniy“ va „Kotibi Xoqoniy“ degan nisbalar qoʻshib yozilgan. Mir Husayn Kulankiy Buxoriyning xati bilan koʻchirilgan qoʻlyozmalardan 20 dan ortigʻi bizgacha yetib kelgan: xattot koʻchirgan nodir qoʻlyozmalardan biri — Ubaydullaxon asarlari toʻplami „Kulliyoti min maqolot“ (1583, inv. № 8931, OʻzFA SHIda); Saʼdiyning „Guliston“ va „Boʻston“, Jomiyning „Yusuf va Zulayho“, „Tuhfat ul-ahror“ (Rossiya milliy kutubxonasida), „Masnaviylar“ (1540—1541), Hofiz Sheroziyning „Devon“i (Pokistonning Haydarobod shahri universiteti kutubxonasida) va boshqalar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil