Mir Chaman madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Mir Chaman madrasasi

Mir Chaman madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Maqomi saqlanib qolmagan

Mir Chaman madrasasi — Qarshi madrasasi. Qarshida joylashgan koʻhna madrasalardan biri hisoblangan. Madrasa vaqf hujjatida u shahar devori ichkarisida ekani koʻrsatilgan. Madrasa hujjatlariga qaraganda madrasa XVIII asrdan oldinroq qurilgan. Madrasa masjid bilan birpaytda qurilgan. Vaqf hujjatida masjid hujralari yoki madrasa hakida soʻz yuritilmagan. Bu unchalik ajablanarli emas. Chunki, qadimda masjid, madrasa yo tahoratxona kabi turli bino va boshqa maqsadlarda ham alodida-alodida vaqf qilish hollari koʻp uchraydi. Shunday kilib, mazkur Madrasa Mir Chaman masjidi atrofida qurilgan bir qancha hujralardan tashkil topgan oʻquv maskani boʻlgan[1]. Madrasaga tegishli bitta hujjat aniqlangan. Unda qozi Inoyatulloh sudur oliy hukmdorga shunday arz qiladi: „Charmgari guzari masjidi imom xatibi va mudarrisi duoguyingiz mulla Abdurauf vafot etdi. Ushbu mavzening barcha fuqarosi sizni duo qilib hamda hukmdorimizning xusravona marhamatidan umidvor boʻlib, Mir Chaman masjidi hujralari mudarrisi mulla Joʻrani ushbu oʻringa oʻtkazishingizni soʻraydi“. Hujjatda taʼkidlanishicha, mulla Joʻraning oʻrniga endigina madrasani tugatgan mulla Shamsiddin xoja munosib koʻriladi“. Madrasaga uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Madrasa mutavvali tomonidan nazorat qilib borilgan. Mir Chaman madrasasi mudarrisi qancha maosh olganligi toʻgʻrisida maʼlumot berilmagan. Mazkur hujjat qozi Inoyatulloh tomonidan yozilgan[2].

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mir Chaman madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639 bet.