Ming quyosh shu’lasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ming quyosh shuʼlasi
Muallif(lar) Xolid Husayniy
Tarjimon(lar) Rustam Jabborov
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2007-yil
Nashriyot Yangi asr avlodi
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2016-yil
Sahifalar soni 288
ISBN 978-9943-27-248-4

Ming quyosh shu’lasi“ — (inglizcha: A Thousand Splendid Suns) — Xolid Husayniyning 2007-yilda nashr etilgan ikkinchi romani.[1]

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanning asaosiy syujeti — ikki Afgʻon ayoli, yosh va goʻzal Laylo va nikohsiz tugʻilgan Mariam taqdiri haqida hikoya qiladi. „Ming quyosh shuʼlasi“ asarida ikki xil olamda katta boʻlgan, ikki ayolning taqdiri aks ettirilgan. Ular har qanday vaziyatda ham bir-biriga suyanch boʻla olgan obrazlar.

Mariam — bu hayotga kelganidan to oʻlimiga qadar koʻplab qiyinchiliklarga, azob, ogʻriq va sinovlariga duchor boʻldi. U oʻzi ishongan, suyangan insonlariga oʻzining qaynoq mehrini bera oldi, ammo bunga javoban unga koʻplab zulmlarni qilishdi. U ona boʻlish baxtiga sazovor boʻla olmaydi, biroq u Layloga va uning farzandlariga onalik mehrini bera oldi. Ularning kelajagi uchun, yaxshi yashashi uchun u oʻzini oʻlimga duchor etdi. U oʻzini oʻlimga loyiq deb topdi, chunki u oʻzining turmush oʻrtogʻini oʻldirgan edi.

Laylo — ojiza va mushtipar bir ayol. Toʻgʻri, u ulgʻaygan oilasida qiyinchiliklarni kam koʻrgan, qalbi mehr- muhabbatga limmo-lim edi. Lekin, hayot uni ham koʻplab qiyinchiliklarga gʻarq qildi. U ham aldandi… Shunday paytda uning qoʻllaridan faqat Mariamgina tuta oldi. Ular barcha qiyinchiliklarga, azoblarga birgalikda bardosh berishdi. „ Ming quyoshning shuʼlasi“ bu- Maryam. U Layloning qalbini yorita oldi, uni zulmatdan qutqardi. Undan tashqari asarda Afgʻon davlatidagi oʻzaro urushlar, davlat toʻntarishlari, ichki iqtisodiy tuzumlari ham aks ettirilgan. Va bularning barchasi xalqqa ziyon yetishiga sabab boʻlgan.[2]


Romanning mukofotlari va muvaffaqiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman New York Times bestselleriga aylandi. Chiqarilishining birinchi haftasida u milliondan ortiq nusxada sotilgan.[3]



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Xolid Husayniyning Ming quyosh shuʼlasi asari haqida“. civil.uz. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  2. „Тысяча сияющих солнц“. briefly.ru. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  3. „A Thousand Splendid Suns by Hosseini, Khaled“. biblio.com. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.