Milliy dinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Milliy dinlar o‘z mazmun-mohiyati bilan asosan bir millatga mansub xalqlar e’tiqod qiladigan dinlardir. Milliy dinlar shakllanishining dastlabki va eng so‘nggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki Milliy dinlar quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo‘lib, odatda, politeistik, ya’ni ko‘p xudolik dinlari bo‘lgan. Masalan, qadimgi grek dini ko‘p xudolikning o‘zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida - bosh xudo) hisoblanib, bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdek, muhabbat va go‘zallik ma’budasi, urush xudosi xudosi, quyosh xudosi va san’at homiysi va boshqa yana bir qancha xudolar bo‘lgan. Quldorlik jamiyatidagi dastlabki Milliy dinlarning o‘ziga xos yana bir xususiyati oxirat to‘g‘risidagi tasavvurning paydo bo‘lishi va unga ishonishidir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to‘la shakillanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo‘lib hatto majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo‘lida meva-cheva, noz-ne’matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining so‘nggi davrlariga kelib odamlar o‘rniga hayvonlar qurbon qilina boshlagan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ‘ib qilinardi. Milliy dinlar elat millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila dinlaridan farqli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakillanishi davrida vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning so‘ngra, millatning shakllanishini o‘zlarida aks ettirgan. Milliy dinlar tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat marosimlar asosan muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida bo‘lishi bilan boshqa din shakillaridan ajralib turgan. Eng soʻnggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, sikxizm, daosizm, konfusiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 292.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.