Milliy PR-markazi
Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining (03.02.2018-yildagi № PF-5326-sonli) Farmoniga asosan Oʻzbekistonning sayyohlik, madaniy, tabiiy va sport salohiyatini yanada faollashtirish va targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tarkibida 2018-yilda tashkil etilgan.[1] PR-markazining asosiy vazifasi jahon hamjamiyati orasida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilish va mamlakatimizga sayyohlarni jalb qilishdan iborat.[2] Samandarova Dilfuza Mansurovna Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasining direktori.
Milliy PR-markazining asosiy faoliyat turlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻrgazma faoliyati
- Turizm sohasiga oid tadbirlar oʻtkazish
- Oʻzbekistonning turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha tarqatma materiallar tayyorlash
- Oʻzbekistonning turizm salohiyatini Internet tarmogʻida targʻib qilish
- Foto va video yaratish
- Mahalliy va xalqaro mass-media bilan hamkorlik qilish
Koʻrgazma faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]PR-markazi jamoasi 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning turizm brendi va imidjini jahon sahnasiga targʻib qilish bilan shugʻullanib kelmoqda. Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston hukumati nomidan „Oʻzbekiston“ yagona milliy stendi bilan xalqaro yirik sayyohlik koʻrgazmalarida ishtirok etganlik uchun javobgardir. Milliy PR-markazi 2018-yilda qariyb 100 ga yaqin mahalliy kompaniyalarni jalb etgan holda, 10 ta xalqaro sayyohlik yarmarkalarida ishtirok etdi (FITUR, EMITT, ITB, MITT, KITF, SITIF, Top RESA, Tourism EXRO Japan, PHILOXENIA, WTM).[3]
2019-yilda 80 ta mahalliy hamkorlari bilan birga 9 ta xalqaro sayyohlik yarmarkalarida ishtirok etdi (FITUR, EMITT, ITB, MITT, ATM, SITIF, Top RESA, ITB Asia, WTM). Milliy PR-markazi 2020-yilda 14 ta xalqaro sayyohlik yarmarkalarida qatnashishni rejalashtirgan edi (FITUR, EMITT, ITB, MITT, Halal Travel EXPO and Forum, ATM, SITIF, BITE, MATTA, Top RESA, TTG Rimini, Tourism EXRO Japan, WTM, CITM), biroq COVID-19 pandemiyasi va davlatlar chegaralarining yopilishi sababli faqat 2 ta yarmarkada qatnashishga muvaffaq boʻldi (FITUR, EMITT).[4]
Tadbirlar oʻtkazish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining muvofiqlashtirishiga muvofiq, PR-markazi tomonidan 43 ta ichki tadbirlar oʻtkazildi, ularning 15 tasi - «Boysun bahori», «Ipak va ziravolar», «Mohir pazanda» singari festivallar, 4 ta “Shahar kunlari”ni nishonlash (Samarqand, Qarshi, Buxoro, Shahrisabz), kuz-qish milliy liboslar koʻrgazmasi, mamlakatimizning milliy oʻyinlari, turizmi, madaniyati, tabiati va sport salohiyatini targʻib qilish boʻyicha boshqa tadbirlar.
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining muvofiqlashtirishiga muvofiq, PR-markazi tomonidan 59 ta ichki tadbirlar oʻtkazildi, ularning 22 tasi „Palov sayli“, „Ipak va ziravorlar“, „Sharq taronalari“, „Favvoralar“ singari festivallar, Buxoroning ARK qal’asida „Samariya“, „Amir qabuli“ folklori kabi 5 ta teatr namoyishlari, „Navroʻz“ milliy bayramlari, „Chotqol ohanglari“ va boshqa tadbirlar.
Shuningdek, Milliy PR-markazi davlat unitar korxonasi har yili noyabr oyida oʻtkaziladigan „Buyuk ipak yoʻlida turizm“ Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasining bosh tashkilotchisi hamdir.
Tarqatma materiallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]PR-markaz jamoasi tarqatma materiallar yaratish bilan ham shugʻullanadi. Yurtimizning sayyohlik salohiyatini dunyo miqyosida targʻib qilish boʻyicha logotiplar, dizaynerlik mahsulotlari, koʻplab broshyuralar va jurnallar, bukletlar va flaerlar, yoʻlni koʻrsatuvchi kitobchalar yaratildi. 50 dan ziyod reklama-tarqatma materiallari tayyorlandi. „Oʻzbekistonga tashrif buyurishning 10 ta sababi“, „Oʻzbekistonda Ramazonni nishonlashning 7 ta sababi“, „Uzbekistan.travel“, „Oʻzbekiston taʼmlari“, „Ziyorat“, „Oʻzbekistonga qishda tashrif buyurishning 5 ta sababi“ nomli bir necha tilda chop etilgan materiallar shular jumlasidandir. Mamlakatimizning tabiati va meʼmorchiligini namoyish etuvchi fotoalbomlar tayyorlandi: „Oʻzbekiston“, „Fargʻona vodiysi“, „Surxondaryoda buddizm“ va b.sh. PR-markazi tomonidan yurtimizning horijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali tarqatma materiallarini butun dunyoga tarqatish ishlari doimiy asosda taʼminlanadi. Internet tarmogʻida tarqatish Markaz mutaxassislar tomonidan sayohatchilar uchun 15 ta tilda: oʻzbek, rus, ingliz, xitoy, nemis, fransuz, ispan, portugal, yapon, turk, arab, hindi, koreys, italyan, malayziya tillarida faoliyat koʻrsatadigan www.uzbekistan.travel yagona milliy sayyohlik portali yaratildi. Sayt sayyohlarning talablari va qiziqishlarini hisobga olgan holda, oson tilda va qulay interfeysda ishlab chiqilgan boʻlib, kerakli maʼlumotni tez va oson topishga yordam beradi. COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilda Oʻzbekistonning 200 ta sayyohlik diqqatga sazovor joylariga onlayn turlar tashkil etildi.
Foto va video
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaz shtatida professional fotosuratchilar, operatorlar va montajyorlar faoliyat yuritadi. 200 mingdan ziyod fotomateriallar va 100 dan ortiq videoroliklarning bazasi bor. Shuningdek, panoramali fotomateriallar, sayyohlik ob’ektlar va diqqatga sazovor joylarning bazasi ham yaratilgan.[5] Orenburg (Rossiya) da boʻlib oʻtgan Foto, video va animatsiya xalqaro sayyohlik festivalida Oʻzbekiston ikkita nominatsiya: „Madaniy-tarixiy joylar“ va „Sayyohlik yoʻnalishlari“ nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Festival doirasida „Buxoroga xush kelibsiz!“ loyihasi namoyish etildi. Mass-media va blogerlar bilan hamkorlik Milliy PR-markazi oʻz faoliyatining boshidan Oʻzbekistonning sayyohlik brendini Internet tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlarda targʻib qilish boʻyicha faol ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning sayyohlik brendini namoyish etuvchi telegram-kanal, Instagram i Facebook da sahifalar ochildi. Mashhur blogerlar va OAV vakillari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi 2019-yilda PR-markaziga keng miqyosli „Word Influencers Congress“ tadbirini oʻtkazganlik uchun mukofot topshirdi. Ushbu tadbir tufayli mamlakatimizga media vakillari taklif etildi va dunyo boʻyicha millionlab insonlar Oʻzbekiston haqida maʼlumotga ega boʻldilar. Orenburg (Rossiya) da boʻlib oʻtgan „Divo Eurasia“ Foto, video va animatsiya xalqaro sayyohlik festivalida PR-markazi tayyorlangan roliklari bilan „Madaniy-tarixiy joylar“ va „Sayyohlik yoʻnalishlari“ nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Hamkorlik PR-markazi oʻz faoliyati davomida Malaziyaning „Matta“ Sayyohlik kompaniyalari va turoperatorlar uyushmasi, „Kazakh Tourism“ AJ MK, „Globe-Trotter Travel Guidebook“ va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan koʻplab shartnoma va memorandumlarni imzolagan.