Xasmol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Milkakdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xasmol (milkak, panaritsiy) — qoʻl barmogʻi toʻqimalarining oʻtkir yiringli yalligʻlanishi. Koʻpincha barmoqning oxirgi (tirnoq) falangasidagi mayda jarohatga (yoriq, tirnalgan, tikan, zirapcha kirgan, pichoq kesgan, sanchilgan) yiringlatuvchi mikroblar kirishidan paydo boʻladi. Yalligʻlanish yuzada (terida, tirnoq yaqinida) va chuqur (teri ostida) payda, boʻgʻimda, suyaqsa boʻlishi mumkin. Yuza X.da yiring epidermis ostida yigʻiladi; atrofidagi teri qizaradi, ogʻriydi (asosan, achishish seziladi). Pufak astasekin kattalashadi, bunda yiringli yalligʻlanish kamdankam hollarda chuqurroq joylashgan toʻqimalarga oʻtadi. Tirnoq yaqinidagi X.da yiringli pufak tirnoq gardishi terisida hosil boʻladi. Agar yiring tirnoq ildizi ostiga oʻtsa, tirnoq osti X.i deyiladi va bu, odatda, tirnoq koʻchib tushgandan soʻng yoʻqoladi. Chuqur X., odatda, barmoqning kaft yuzasida, avvaliga teri ostida paydo boʻladi. Bu yuzadagi teri qalin boʻlganidan uning ostida hosil boʻladigan yiring uzoq vaqtgacha tashkariga yorib chiqa olmaydi, natijada payga, boʻgʻimlarga va suyakka oʻtadi, baʼzan ularni bir vaqtning oʻzida shikastlantiradi. Bunda kuchli ogʻriq paydo boʻladi, kasallangan barmoq bezillab turadi. Barmoqni qimirlatganda, uni bukib yozganda ogʻriqning kuchayishi X.ning pay yoki boʻgʻimga oʻtganligini bildiradi. X.ning har qanday shakli va ayniqsa, chuqur X. noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. X.ning oldini olishda barmoklarni shikastlanishdan asrash, qoʻlni toza tutish, tirnoq olshpda ehtiyot boʻlish zarur. Barmoq terisi salgina shikastlanganida uni toza suv bilan yuvib, yod, spirt surtish va oʻsha joyni steril bint bilan bogʻlash lozim. X.ni oʻz bilgicha davolash yaramaydi. Davosi: konservativ muolajalar (UVCH, ultratovush, kvars) oʻtkaziladi, agar ular naf bermasa jarrohlik usuli qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Xasmol" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil