Novokain

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Novokain (Novocainum) — rangsiz va xidsiz kristall. Suvda va spirtda yaxshi eriydi. N. mahalliy ogʻriqsizlantirishda, novokain blokadasidz. va boshqa da qoʻllanadi. N. qonga yuborilganda orga-nizmga umumiy taʼsir koʻrsatadi: atse-tilxolin hosil boʻlishini kamaytira-di, vegetativ gangliylarga blokadalovchi taʼsir koʻrsatadi, silliq muskullar spazmini kamaytiradi, shuningdek, yurak muskuli, bosh miya poʻstlogʻining harakat sohalari qoʻzgʻaluvchanligini susaytiradi.

Organizmda N. paraaminobenzoy kislota va dietilaminoetanol hosil qilib gidrolizlanadi. Uning 5—10% li eritmasi fizioterapevtik (elektroforez) davolashda ishlatiladi. Koʻpgina antibiotiklar (Mas, penitsillin)ni eritishda ham qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil