Miku Makita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miku Makita

Makita/Gunara juftligi 2020-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Kanada bayrogʻi Kanada
Tavalludi 16-iyun 2003-yil (2003-06-16) (20 yosh)
New Westminster, Britaniya Kolumbiyasi
Boʻyi 1.59 m (5 ft 2 12 in)
Sherigi Tyler Gunara
Murabbiyi Aaron Lowe
Megan Wing
Uchishni boshlagan 2008
Shaxsiy rekordlari
Qisqa raqs 62.25
Erkin raqs 92.33

Miku Makita (2003-yil 16-iyunda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Tyler Gunara bilan birga 2021-yil Fransiyada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining kumush va 2022-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Makita / Gunara juftligi 2020-yilgi O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kuchli sakkizlikka kirgan va 2020-yilgi O‘smirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makita 2003-yil 16-iyunda Britaniya Kolumbiyasining New Westminster shahrida tugʻilgan. Uning Riku ismli akasi bor.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miku Makita 2016-yilning mart oyida Tyler Gunara bilan ufttlik hosil qilgan. Ularga Britaniya Kolumbiyasining Burnabi shahrida Megan Wing va Aaron Lowe murabbiylik qilgan[1]. 2016 — 2017-yilgi mavsumda Makita / Gunara juftligi yangi konkida uchuvchilar toifasida boʻlib oʻtgan Skate Canada Challenge musobaqasida rekord natija bilan gʻolib chiqqan. Juftlik „2017 Skate Canada BC/YK Section Awards“ taqdirlash marosimida „Ice Dance Youth Promise Award“ mukofoti bilan taqdirlangan[2].

2017 — 2018-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makita / Gunara juftligiSkate Canada Challenge musobaqasida ishtirok etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2018-yilgi Kanada chempionatida bir nechta xatoga yoʻl qoʻyib, Bashynska / Beaumont juftligi ortidan kumush medal sohibiga aylangan. Ularning natijasi ularga birinchi xalqaro topshiriq, 2018-yilgi Egna Dance Trophy turnirida ishtirok etgan Makita / Gunara juftligi rossiyalik Lukinskaya / Angelopol va Bashinska/Beaumont juftligini ortda qoldirib, oʻzining birinchi xalqaro bronza medalini qoʻlga kiritgan[3].

2018 — 2019-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makita / Gunara juftligi xalqaro miqyosda o‘smirlar darajasiga ko‘tarilgan va 2018-yilgi Lake Placid Ice Dance International musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritib, oʻzlarining mavsumini boshlagan. Ular 2018-yili Kanadada boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Makita / Gunara juftligi Skate Canada Challenge turnirifa ham sakkizinchi oʻrindan joy olgan. Ular mavsumni 2019-yilgi Kanada chempionatida ishtirok etib, toʻqqizinchi oʻrinni olgan holda yakunlaganlar.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gunara bilan
Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2022 — 2023

2021 — 2022

2020 — 2021

2019 — 2020

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Gunara bilan
Xalqaro
Musobaqa 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22 22 — 23
GP Skate Canada WD
CS Nepela yodgorligi WD
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 8
Olimpiada 5
JGP Kanada 8
JGP Fransiya I 2
JGP Fransiya II WD
JGP Polsha 4
JGP AQSh 4
Bavarian Open 5
Egna Cup 3
Lake Placid IDI 2 6
Milliy
Kanada chempionati 2 9-J C 3-J
SC Challenge 1 1 8-J 3-J 2-J WD
WD = musobaqani tark etgan; J-oʻsmirlar darajasi, C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]