Mike Zalewski

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mike Zalewski
Zalewski Utica Comets jamoasida oʻynamoqda
Tugʻilgan joyi 18-avgust 1992-yil (1992-08-18) (31 yosh)
New Hartford, New York, AQSh
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 209 lb (95 kg; 14 st 13 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
ICEHL
Sobiq jamoalar
Graz99ers
Vancouver Canucks
Straubing Tigers
Kölner Haie
Vienna Capitals
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Michael Zalewski (talaffuzi: Mike Zalewski; 1992-yil 18-avgustda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Hozirda u ICE Xokkey Ligasining (ICEHL) Graz99ers jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zalewski 2005-yilda Quebecda boʻlib oʻtgan Xalqaro Pee-We xokkey turnirida Syracuse (New York) kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1]. Keyinchalik u Sharqiy oʻsmirlar xokkey ligasining Syracuse Stars jamoasi bilan bir mavsum oʻynagan[2].

Zalewski Youngstown Phantoms jamoasi tomonidan USHLga kirish draftida 122-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan. Ammo jamoa bilan shartnoma imzolamagan[3] Shundan soʻng u Britaniya Kolumbiyasida BCHLning Vernon Vipers jamoasi bilan ikki mavsum oʻtkazgan[4]. Vipers jamoasi bilan oʻynaganidan soʻng, u 2010-yilda Rensselaer politexnika instituti jamoasi uchun I divizion kollej xokkeyida oʻynashga qaror qilgan[2]. 2011—2012-yilgi mavsumdan soʻng BCHLni tark etgach, Zalewski Rensselaer politexnika institutiga oʻqishga kirgan va u yerda RPI muhandislari bilan ikkita NCAA I divizionida (2012—2014) oʻynagan. Jamoa tarkibida u 21 gol, 26 golli uzatma, 47 ochko va 75 penalti daqiqasini qayd etgan. Oʻzining birinchi yilida u jamoaga ECAC xokkey chorak finaliga chiqishga yordam bergani uchun 21 ball olgan va shu bilan barcha birinchi kurs oʻyinchilari orasida ochkolar bo'ticha yetakchilik qilgan[5].

Zalewski uchta toʻliq mavsumdan soʻng Canucks tashkilotini tark etgan va 2017-yil 17-iyulda Deutsche Eishockey Ligasining Straubing Tigers jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[6]. U oldingi ikki yil Straubing jamoasida oʻynagan katta akasi Steven jamoasiga qoʻshilgan. 2017—2018-yilgi mavsumda Zalewski 51 oʻyinda 14 gol va 31 ochko jamgʻargan.

2019-yil 22-avgustda Zalewski qoʻshni Avstriya xokkey ligasiga oʻtib, Vena Capitals jamoasi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlgan[7]. EBELdagi yakka mavsumida Zalewski 46 ta muntazam oʻyinda 15 ta gol va 33 ochko jamgʻargan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2005—2006 New Hartford High USHS 3 0 1 1
2006—2007 New Hartford High USHS 23 7 8 15
2007—2008 New Hartford High USHS 24 23 27 50
2008—2009 New Hartford High USHS 23 36 30 66
2009—2010 Syracuse Stars EJHL 43 16 32 48 28 2 0 1 1 4
2010—2011 Vernon Vipers BCHL 46 12 17 29 34 16 5 3 8 4
2011—2012 Vernon Vipers BCHL 60 38 37 75 83
2012—2013 R.P.I. ECAC 36 12 9 21 22
2013—2014 R.P.I. ECAC 35 9 17 26 53
2013—2014 Vancouver Canucks NHL 2 0 1 1 0
2014—2015 Utica Comets AHL 55 3 9 12 18 23 1 2 3 14
2015—2016 Utica Comets AHL 58 16 17 33 46 4 0 1 1 2
2015—2016 Vancouver Canucks NHL 3 0 1 1 2
2016—2017 Utica Comets AHL 54 5 13 18 36
2016—2017 Vancouver Canucks NHL 1 0 0 0 0
2017—2018 Straubing Tigers DEL 51 14 17 31 30
2018—2019 Kölner Haie DEL 44 5 13 18 30 11 1 2 3 10
2019—2020 Vienna Capitals EBEL 46 15 18 33 16 3 0 2 2 2
2020—2021 Kölner Haie DEL 38 3 9 12 18
2021—2022 Graz99ers ICEHL 39 10 11 21 26 2 2 1 3 2
NHLdagi ochkolari 6 0 2 2 2

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
New York oʻrta maktabining eng yaxshi oʻyinchisi 2008—2009 [8]
BCHL chempioni 2010—2011 [9]
CJHL Doyl kubogi chempioni 2010—2011 [9]
RBC kubogi chempioni[9] 2010—2011 [9]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-fevral.
  2. 2,0 2,1 Moshier, Ron. „New Hartford hockey star Zalewski commits to RPI“. Observer-Dispatch (16-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 18-fevral 2019-yil.
  3. „USHL Draft Results | Amateur Hockey News | 19-may 2010-yil“ (en). the Inside Word. Qaraldi: 2017-yil 13-mart.
  4. „Mike Zalewski“. Elite Prospects. Qaraldi: 2017-yil 5-mart.
  5. „MIKE ZALEWSKI“. rpiathletics.com. Qaraldi: 18-fevral 2019-yil.
  6. „Mike Zalewski signs with Straubing Tigers“ (German). Straubing Tigers (2017-yil 17-iyul). 2017-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
  7. „Capitals sign Mike Zalewski from Cologne“. Vienna Capitals (22-avgust 2019-yil). Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  8. „Hockey's Future - Michael Zalewski“ (en-US). Hockey's Future. Qaraldi: 2017-yil 5-mart.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 „Elite Prospects - Award - BCHL Champion“. www.eliteprospects.com. Qaraldi: 2017-yil 5-mart.