Miguel Zepeda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Miguel Zepeda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Miguel Ángel Zepeda Espinoza
Tavallud sanasi 25-may 1976-yil (1976-05-25) (47 yosh)
Tavallud joyi Tepic, Nayarit, Meksika
Boʻyi 1.65 m (5 ft 5 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996-2001 Atlas 144 (34)
2001-2003 Cruz Azul 64 (17)
2003 Morelia 17 (2)
2004 Toluca 21 (3)
2004-2005 Cruz Azul 20 (7)
2005 Santos Laguna 13 (3)
2006 América 5 (0)
2006 San Luis 8 (0)
2007 Veracruz 5 (0)
2009-2010 Atlas 20 (7)
Milliy terma jamoa
1999-2005 Meksika 50 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2013-yil 21-fevral uchun)

Miguel Anxel Zepeda Espinoza (1976-yil 25-mayda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zepeda professional debyutini 1996-yil 13-noyabrda Chivasga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan. U faoliyatining katta qismini 1996-yildan 2001-yilgacha Atlas bilan oʻtkazgan. Invierno 2001da u Cruz Azulga oʻtgan. Cruz Azul Zepeda bilan 4 ta turnir oʻtkazgan. 2003-yilda Aperturada Zepeda Monarkas Moreliya jamoasiga oʻtgan va u yerda muvaffaqiyat qozona olmagan. 2004-yilda Klausurada Zepeda Toluca jamoasiga oʻtgan. Zepeda Cruz Azul bilan yana ikki mavsumga shartnoma imzolagan (Apertura 2004), (Clausura 2005). Keyinchalik u Santos Lagunaga oʻtgan, ammo u yerda unchalik muvaffaqiyat qozona olmagan. Zepeda 2006-yilgi KONKAKAF kubogida Cruz Azul jamoasi tarkibida harakat qilgan. Mavsum oxirida Zepeda Sent Luis jamoasi bilan shrtnoma imzolagan. Jamoada ishlari yurishmagach Atlas jamoasi tarkibiga qaytgan[2]. Zepedani muhlislar Atlasdagi o'yinlari bilan yaxshi eslashadi.

Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zepeda Meksika terma jamoasida oʻynagan. Uning debyuti 1999-yilning fevral oyida Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlgan. U 1999-yilgi Konfederatsiyalar kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan, u finalda Braziliya terma jamoasiga qarshi oʻyinda ikkita gol urgan va shu tariqa butun turnirda 2 ta gol kiritgan. Zepeda Meksika terma jamoasi bilan 2003-yilda Oltin kubokni qoʻlga kiritgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meksika

Maʼnbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.linkedin.com/in/miguelzepeda
  2. https://www.transfermarkt.world/miguel-zepeda/profil/spieler/50867