Migas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Migas (ispancha: migas ; Ispancha talaffuzi: [ˈmiɣas]) ispan oshxonasi taomining nomi boʻlib, Teks-Meks oshxonasining xuddi shu nomdagi taomidan sezilarli darajada farq qiladi. Oʻzbek tiliga tarjima qilingan migas „urvoqlar“ degan maʼnoni bildiradi.

Ispan taomi- migas[tahrir | manbasini tahrirlash]

Migas ― ispan oshxonasining anʻanaviy taomi. Ilgari nonushtada ortib qolgan non boʻlaklari yoki tortilla bilan isteʼmol qilingan migas endi Ispaniyadagi restoranlarda nonushta va tushlikda beriladigan birinchi taomga aylandi[1]. Baʼzi tarixiy manbalarda taomning kelib chiqish ildizlarini Shimoliy Afrika kuskusiga bilan bogʻliq ekanligi qayd etilgan.

Andaluscha migas

Ispaniyaning turli viloyatlarida Migas tarkibi turfaligi bilan farq qiladi. Extremadurada bu taom suvga botirib qoʻyilgan bir kun avvalgi non, sarimsoq, qalampir, zaytun moyi, shuningdek, ismaloq yoki bedani oʻz ichiga oladi; koʻpincha qovurilgan choʻchqa qovurgʻalari bilan tortiladi[2][3]. Teruel, Aragonda, migas chorizo choʻchqa goʻshtidan kolbasa va bekonni oʻz ichiga oladi va koʻpincha uzum bilan beriladi.

La- Manchada migas manchegas ehtiyotkorlik bilan tayyorlashni talab qiladi, lekin asosan Aragon migasi[4] bilan bir xil ingredientlarni oʻz ichiga oladi. Andalusiyada migaslar koʻpincha ertalab qushxonalarda isteʼmol qilinadi. Choʻchqa, qoʻy yoki echkni soʻyilgandan soʻng, qoladigan quyulib qolgan qon, jigar, buyraklar va boshqa ichak-chavoq mahsulotlari bilan birga pishiriladi. Migaslar koʻpincha ochiq gulhan yoki koʻmirda pishiriladi[5].

Tex-mex oshxonasidagi migas[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tex-mexcha migas

Teks-Meks oshxonasida- migas makkajoʻxori tortilla qalamchalari qoʻshilgan omletdan iborat anʼanaviy nonushta uchun taomdir.

Anʼanaviy ravishda xristianlarning roʻza paytida isteʼmol qilinadi[6], uning yogʻsiz versiyasi turli xil ziravorlar (masalan, salsa, piko de gallo souslari) qoʻshilgan makkajoʻxori tortillalari, tugʻralgan piyoz, chili qalampiri, yangi pomidor va pishloq bilan yogʻda qovurilgan omletdan iborat. Migas odatda qovurilgan loviya, shuningdek tacosning boshqa barcha ingredientlari solib oʻralgan makkajoʻxori yoki un tortillalari bilan dasturxonga tortiladi.

Oddiy ingredientlarga qoʻshilgan xushtaʼm chorizo bilan dasturxonga tortiladigan migasning yana bir varianti ham mavjud. Tortilla qalamchalari baʼzan tiniq boʻlgunga qadar qovuriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Barrenechea, Teresa. The Cuisines of Spain. Ten Speed Press, 2005, page 132. ISBN 1-58008-515-6
  2. Migas extremeñas
  3. „Migas de Cáceres“ (deadlink). 2014-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-mart.
  4. Migas de Teruel (Wayback Machine saytida 2009-02-24 sanasida arxivlangan)
  5. „Migas manchegas“ (deadlink). 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-mart. (Wayback Machine saytida 2012-11-03 sanasida arxivlangan)
  6. „Amaya’s Migas“ (deadlink). 2011-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-mart.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Charles Sinclair. migas // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 373. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]