Michigan (koʻl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michigan (mahalliy indeyslar tilida — katta koʻl) — Shim. Amerikadagi koʻl, AQSH hududida, Buyuk koʻllar sistemasida. Maydoni 58 ming km², uz. 490 km, eni 189 km gacha. Eng chukur joyi 281 m. Suv sathining balandligi 177 m. Qirgʻoklari kam parchalangan, pastbaland. Suv qalqishi yarim sutkalik. Makino boʻgʻozi orqali Guron koʻli bilan, kema katnaydigan Chikago-Lokport kanali orqali Missisipi daryosi sistemasi bilan bogʻlangan. N.ning shim. qismi dek. — aprelda muzlaydi. Suvining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi natijasida undagi jonivorlar soni keskin kamaygan. Yirik portlari: Chikago va Miluoki.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil