Guron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guron, Xyuron (Huron — indeyslar qabilasi nomidan) — Shim. Amerikadagi koʻl, AQSH va Kanada hududlarida. Kattaligi jihatidan Buyuk koʻllar ichida 2-oʻrinda. Maydon 59,6 ming km². Eng chuqur joyi 208 m. Shimoliy sohillari baland, qoyali, jan. — past. Shim.-gʻarbda Sent-Meris daryosi orqali Yuqori koʻl bilan; Makino boʻgʻozi orqali Michigan koʻli bilan; janubida Sent-Kler daryosi, Sent-Kler koʻli va Detroyt daryosi orqali Eri koʻli bilan tutashgan. G.ga koʻp mayda daryolar quyiladi, undan fakat Sent-Kler daryosi oqib chiqadi. Suv sathining balandligi deyarli oʻzgarmaydi. Dek.dan aprelgcha muzlaydi. Koʻl baliqqa boy (gulmoqi, taran, laqqabaliq va boshqa). Kema qatnaydi. Yirik portlari: Sarniya, Midlend (Kanada), Alpina (AQSH) va boshqa.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil