Michael Drosnin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Michael Alan Drosnin (1946-yil 31-yanvar – 2020-yil 9-iyun) amerikalik jurnalist va yozuvchi.

Michael Drosnin
Tavalludi 31-yanvar 1946
Vafoti 9-iyun 2020[1]
Fuqaroligi AQSh

Drosnin New York shahrida tugʻilgan. 1966-yilda Columbia universitetini tugatib[2] The Washington Post (1966–1968) va The Wall Street Journal (1969–1970) gazetalarida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1974-yilda Michael Drosninning "Citizen Hughes: In His Own Words – How Howard Hughes Tried to Buy America" nomli birinchi kitobi nashr etilgan[3].

1992-yilda Drosnin matematik Eliyaxu Rips bilan Isroilda uchrashgandan soʻng Bibliya kodeksini tadqiq qila boshlagan[4][5].

1997-yilda Simon va Schuster Michaelning "The Bible Code" kitobini nashr etdi. Ushbu nashr Drosnin tadqiqotining choʻqqisi boʻlib, unda Bibliya kodeksi kelajakni bashorat qilishi va voqealarga bizning harakatlarimiz taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidlaydi[6]. Kitobda 1998 – 2006-yillar oraligʻida sodir boʻladigan ofatlar va apokalipsis bashoratlari keltirilgan.

Keyinchalik Michael Muqaddas Kitob kodeksi haqida "Bible Code II: The Countdown" nomli ikkinchi kitobini ham yozadi. Penguin Random House

2003-yilda ushbu kitobni nashr etadi[7][8][9][10].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Drosnin 2020-yil 9-iyunda 74 yoshida vafot etadi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Bookshelf“. Columbia College Today. 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-mart.
  3. Gonzales, Laurence. " 'Citizen Hughes' Reveals the Recluse Who Would Be King ", Chicago Tribune (online), Chicago, 20 January 1985.
  4. „Prof. Eliyahu Rips“, The Hebrew University of Jerusalem, Edmond J. Safra Campus, Einstein Institute of Mathematics (online), Jerusalem, Israel.
  5. Rips, Prof. Eliyahu. „Public Statement by Dr. Eliyahu Rips, Professor of Mathematics, Hebrew University, Jerusalem, Israel“, as republished online by Torah-Code.org, Jerusalem, Israel, 3 June 1997.
  6. The Bible Code, Simon & Schuster, New York, 1997
  7. Bible Code II: The Countdown, Penguin Random House, New York, 2003
  8. Drosnin, Michael. „The Bible Code“, The New York Times (online), Opinion, Letter to the Editor, New York, 11 March 2003.
  9. Barlow, Dilly / Narrator. „The Bible Code“, BBC (online), BBC Two, Science & Nature, TV & Radio, Horizon, London, 20 November 2003.
  10. Drosnin, Michael. „Is the end of the world near?“ (excerpt from Bible Code II: The Countdown), as republished by Today (online), Book Club, New York, 26 November 2002.
  11. Kurutz, Steven. „Michael Drosnin, Who Found Clues in the Bible, Is Dead at 74“ (en-US). The New York Times (2020-yil 19-iyun). Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.