Apokalipsis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apokalipsis (yun. apokalypsis — bashorat) — yahudiy va xristian din-larining yuzaga kelishiga oid diniy adabiyot namunalaridan biri; ilohiy karomatli rivoyatlar. Yahudiy va xristi-an dinining paydo bo‘lishi jarayonida diniy karomat xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘p yozuvlar vujudga kelgan, lekin ular-dan faqat bittasi — "Ioann (Yuhanno) karomati" xristianlikda Bibliya kano-niga kiritilgan, qolganlari: "Qadimgi ahd" asarlaridan Yezdra va Varux A.lari, "Yangi ahd" adabiyotidan Petr, Mess, Zo-strian karomatlari va h.k. apokrif (sox-ta) deb e’lon qilingan. Shuning uchun A. termini xristian an’anasida faqat "Ioann karomati" (68 — 69-yillarda tu-zilgan) ga nisbatan ishlatiladi. "Ioann karomati" o‘z mazmuni bilan "Qadimgi ahd" yozuvlariga yaqin. Shunday bo‘lsada yirik ruhoniylar (mas, Lyuter, Svingli) A.ga gumon bilan qaraganlar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil