Michael Bloomberg
Michael Bloomberg | |
---|---|
![]() ![]() | |
Asl ismi | Michael Rubens Bloomberg |
Tugʻilishi |
14-fevral 1942 (77 yosh) |
Ota-onasi | William BloombergCharlotte Bloomberg |
Bilimi | Garvard biznes maktabi |
Partiyasi |
Demokratlar (2001-yilgacha) Respublikachilar (2001-2007) |
Bolalari | Georgina, Emma |
Imzo | |
![]() |
Michael Bloomberg (inglizcha: Michael Bloomberg, talaffuzi: Maykl Blumberg; 1942-yil 14-fevral, Massachusets, AQSH) — Nyu York shahrining 108-chi meri (2001-2014), BMTning iqlim oʻzgarishini nazorat qilish boʻyicha elchisi, moliyaviy bozorlarni tahlil qiluvchi Bloomberg LP axborot agentligining asoschisi va rahbari[1][2]. Forbes jurnalining tahliliga koʻra, u 31 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida 10-oʻrinda turadi[3][4].
Biografiyasi[tahrir]
1942-yilda Belaruslik yahudiy muhojirlar oilasida tug'ilgan. [1964-yil]]da John Hopkins maktabini va Garvard biznes maktabini bitirgan. Ish faoliyatini Salomon Brothers kompaniyasida aksiyalar savdosi bilan shug'ullanishdan boshlagan[5]. Keyinchalik Bloomberg LP shirkatiga asos solgan. Shirkat aksiyalarning kompyuter orqali onlayn savdosi va savdo tahlili bilan shug'ullanadi[6]. Hozirgi kunda shirkat dunyoning 130 davlatida vakolatxonalariga ega, xodimlar soni 9500 dan ko'p. 2007-yilda Nyu York rahbariga aylangan Bloomberg o'z oylik maoshini yiliga 1 dollar deb belgilagan. 2008-yilda 235 million dollarni xayriya ishlariga sarflagan[7]. 2014-yil 31-yanvarda Nyu York meri lavozimidan ketdi va BMTning shaharlar bo'yicha maxsus elchisi lavozimiga tayinlandi.
Manbalar[tahrir]
- ↑ The 400 Richest Americans: #8 Michael Bloomberg — Forbes.com
- ↑ At $235 Million, Bloomberg Was Biggest Giver in U.S. (ingl.)
- ↑ Билл Гейтс опять богаче всех
- ↑ Web Page Under Construction
- ↑ City Plans to Retrain, and Retain, Laid-Off Wall Streeters
- ↑ IT-корпорации: история Bloomberg
- ↑ At $235 Million, Bloomberg Was Biggest Giver in U.S. (ingl.)
Havolalar[tahrir]
- Mike Bloomberg for NYC webpage(ingl.)
- The 400 Richest Americans: #8 Michael Bloomberg — Forbes.com(ingl.)
- Майкл Блумберг: история мэра и миллиардера(rus.)
- Информация из открытых источников про Майкла Блумберга(rus.)
![]() |
|