Mezarkabul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mezarkabul

Mezarkabul
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Turkiya
Faoliyat yillari 1986
Janr Heavy metal, Power metal
Tarkib Murat İlkan (vokal)
Hakan Utangaç (gitara)
Tarkan Gözübüyük (bass)
Metin Türkcan (gitara)
Cenk Ünnü (baraban)
Sobiq aʼzolar

Ogün Sanlısoy (vokal, 19921995)

Vebsayt http://www.thepentagram.net

Pentagram (Turkiyadan tashqarida Mezarkabul) Turk heavy metal/power metal guruhi boʻlib, aʼzolari Murat İlkan (vokal), Hakan Utangaç, Metin Türkcan, Tarkan Gözübüyük va Cenk Ünnüdir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pentagram 1986 yili Istanbulda gitarist Hakan Utangaç va barabanchi Cenk Ünnü tomonidan tashkil etilgan. 1987 yilda bassist Tarkan Gözübüyük guruhga qoʻshiladi va ular jonli koncertlar berishni boshlashadi. Ularning birinchi relizi 1990da boʻlib oʻtadi(Pentagram albomi). 1992da esa ikkinchi gitarist Demir Demirkan va vokalist Ogün Sanlısoy jamoaga qoʻshiladi. Shu yili ular oʻzlarining Trail Blazer albomini chiqarishadi, muxlislari soni esa ham Turkiya, ham dunyoda keskin oshib boradi.

Keyingi uch yilni vatanlarida va dunyo boʻylab turlarda oʻtkazishdi. 1995da vokalist Murat İlkan Ogün oʻrniga keladi va ular yangi, Anatolia albomi ustida ish boshlashdi. Anatolia Turkiyada 1997da chiqarildi va bir necha hafta oʻtgach Century Media Pentagramning jahon boʻylab relizini tashkil etdi .

Ular 1998da Popçular Dışarı (tarjimasi Popchilar tashqari) nomli jonli albomini chiqarishdi. Gitarist Demir Demirkan guruhni tark etgach, vaqtinchalik Onur «Mr. Cat» Pamukçu bilan almashtirildi.

Ular keyingi albomlarini yozishni 2000da Istanbuldagi oʻz studiyalarida boshlashdi. Gitarist Metin Türkcan guruhga rasman shu tayyorgarliklar paytida kelib qoʻshildi. Ular 17 qoʻshiq chiqarib, Ularni ikkita CDga boʻlishga qaror qilishdi. 2001da Unspoken albomining dunyo boʻylab relizi boʻlib oʻtdi. Bir Turkiyada faqatgina 2002da chiqarildi.

Turkiyada ular Pentagram nomini ishlatishadi. Biroq AQSHda Pentagram, degan doom metal guruhi boʻlganligi uchun ular xorijda Mezarkabul (tarjimasi MozorQabul) nomi bilan taniqli.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:PentagramIzmir.jpg
Izmirdagi koncertda

Hozirgi tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

** asos solgan aʼzolar.

Sobiq aʼzolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Popculardisari.jpg
Popçular Dışarı albomi muqovasi
Yil Nom
1990 Pentagram
1992 Trail Blazer
1997 Anatolia
1998 Popçular Dışarı (Live)
2001 Unspoken
2002 Bir

Tashqi saytlar[tahrir | manbasini tahrirlash]