Kontent qismiga oʻtish

Metallar strukturasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metallar strukturasi - metallarning ichki tuzilishi manzarasi; oddiy koʻz bilan yoki lupa va mikroskopda, rentgen nurlari yordamida aniqlanadi. Oddiy koʻz bilan yoki lupa orqali koʻrinadigan Metallar strukturasi makrostruktura, mikroskopda koʻrinadigani mikrostruktura, rentgen nurlari yordamida aniqlanadigani rentgenostruk-tura deyiladi. Makrostruktura ni aniqlashda namunaga reaktiv eritma (kuchsiz kislota eritmasi) taʼsir ettiriladi, yaʼni xurushlanadi, metallning ayrim komponentlariga reaktiv turlicha taʼsir etganidan namunada makrorelyef hosil boʻladi. Bunday na-muna sirti makroshlif deb ataladi. Quyma metallning makrostrukturasi dendrit tuzilishida boʻladi. Quyma metall bosim bilan ishlansa, dendritlar choʻzilib, tolalar hosil qiladi. Bunda metall makrostrukturasiga qarab, deformatsiyalanganlik darajasini va tolalarning yoʻnalishini aniqlash mumkin. Maxsus xurushlash usullaridan foydalanib, metallning bir jinsligini, ichki nuqsonlari (darz, aralashma, gʻovak va boshqalar) ni bilish mumkin. Makrostrukturani tekshirish usuli sanoatda va ilmiy tadqiqot ishlarida qoʻllanadi.

Metallarning mikrostruktur as i. Texnik metallarning hammasi nomuntazam shaklli mayda kristallar — donalardan tuzilgan. Bularni optik yoki elektron mikroskop yordamidagina koʻrish mumkin. Mikro-strukturani aniqlash uchun metalldan namuna qirqib olinib, bir tomoni koʻzgudek yaltiratiladi; unga reaktiv eritma taʼsir ettiriladi. Bunda namuna sirtida mikrorelyef (mikroshlif) hosil boʻladi. Mikroshlif mikroskopda kuzatilsa, mikrostrukturasi yaqqol koʻrinadi. Mikrostrukturani oʻrganish metallar sifatini baholashning asosiy usullaridan biridir.

Metallarning rentgenostruk-turasi ni aniqlash uchun rentgenografiya usulidan foydalaniladi. Bu usul metall kristall panjarasidagi bir qator atomlarning rentgen nurlarini difraksiyalashga asoslangan (qarang Kristall panjara, Metallografiya).

Ld..Toʻraxonov A. S, Metallshunoslik va termik ishlash, T., 1968.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil