Metallografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Metallografiya (metall va ... grafiya) — metallar va qotishmalarning strukturasini tadqiq qilish usuli. Metallografik, makrostruktura va mikrostruktura tadqiq qilish usullari bor. Metallografik usulda metallar yoki metall qotishmalarning tuzilishini (tarkibiy qismlarini) oʻrganish maqsadida ular maxsus usullarda silliqyaanadi, yaltiratiladi va kislotalar (mas, azot kislota) ning suvdagi eritmasi bilan ishqorlanadi. Shunda tashkiliy qismlarning qiyofasi (relyefi) namoyon boʻladi. Makrostruktura bevosita koʻz bilan yoki lupa orqali koʻzdan kechirib oʻrganiladi. Bu usul uncha aniqlik talab qilmaydigan hollarda qoʻllaniladi. Mikrostruktura ni oʻrganishda optik va elektron mikroskoplardan foydalaniladi. Bu usul metallar va qotishmalarning tuzilishini anyq tadqiq qilishga imkon beradi. Umuman, M. metallar va metall qotishmalarning strukturasi bilan xossalari orasidagi bogʻliqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. M. usullari metallshunoslik, metallofizika fanlari va boshqalarda juda qoʻl keladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil