Metagalaktika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metagalaktika (meta... vo galaktika) — yulduz sistema (galaktika)lari majmui. Koinotning zamonaviy teleskoplar bilan kuzatsa boʻladigan (bular mlrd.ga yaqin) galaktikalarning hammasi M.ning bir qismi. Galaktikamiz yoki somon yoʻli sistemasi M.dagi yulduz sistemalaridan biridir. Teleskoplar quvvati oshgan sari uzok, masofadagi obyektlar tadqiq qilina boshlandi. M. hech qanday obyekt boʻlmay, koinotning shartli ravishda olinayotgan qismi xolos. Galaktikalar asosan turli fizik bogʻlangan toʻdalarni va guruxlarni tashkil qiladi. Guruhlar ikki yoki undan ortiq yulduz sistemasidan; oʻnlab, yuzlab va, hatto, minglab galaktikalarni oʻz ichiga olgan toʻdalardan, oʻn minglarcha galaktikadan tuzilgan tumanliklardan iborat boʻladi. Mas, bizning Galaktika va unga yaqin joylashgan boshqa (taxminan 150 ta) galaktikalar mahalliy galaktikalar guruhi deb ataladigan toʻdaga kiradi. Bu toʻdalarning toʻdalari ham mavjud boʻlib, ularning massalari kamida bir necha ming trillion Quyosh massasiga teng. Ushbu oʻtatoʻdalar M.ning e ng yirik fizik obyektlari hisoblanadi. Ular shakli deyarli disksimon boʻlgani sababli adabiyotda "Zeldovich quymoklari" deb ham ataladi.

Oʻtatoʻdalar gigant boʻshlikdarni chegaralab turadi. Natijada M.ning eng katta masshtabdagi tuzilishi "arining uyasi"ni eslatadi. Oʻtatoʻdadan iborat "devorlar" orasidagi oʻrtacha masofa kamida bir necha oʻn million parsekka teng boʻladi. Galaktikalararo fazoda yakkalangan yulduzlar, kosmik elektromagnit nurlar, kosmik chang (galaktika toʻdalari orasidagi fazoda) mavjud. M.ning bizga maʼlum boʻlgan chegarasi (qismi) dagi oʻrtacha modda zichligi 10-3’+10-30 g/sm3.

M. oʻlchamini "qizilga siljish" z qiymati orqali ifodalash qulay. Zamonaviy teleskoplar va ularga oʻrnatilgan oʻta sezgir kameralar yordamida taxminan z = 5 qiymatida ayrim kvazarlarni (tugʻilishi endi boshlangan galaktika yadrosini) kuzatish mumkin. Bu "nuqtalarda" Koinotning kengay-ishi tezligi deyarli 280 ming km/sek ga teng boʻlib, ular M.ning shartli chegarasida kuzatiladi. Koinotning z>5 boʻlgan fazosi tarkibi va tuzilishiboʻyicha nazariyotchi astrofizik va kosmologlar yangi modellar ustida ish olib bormoqdalar (yana qarang Koinot, Kosmogoniya, Kosmologiya).

Salohiddin Nuritdinov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil