Metafaza
Metafaza (meta... va yun. phasis — paydo boʻlish) — somatik (tana) hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli, mitozning ikkinchi bosqichi. M.da boʻlinish duki toʻliq shakllangan boʻladi. Xromosomalar spirallashib, yorugʻlik mikroskop ostida koʻrinadigan boʻlib qoladi. Xromosomalar ekvatorda joylashib olib, oʻz sentromerasi (birlamchi belbogʻi) bilan boʻlinish dukiga ilashgan boʻladi. Sitogenetik tadqiqotlarda M. holatidagi xromosomalar oʻrganiladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |