Meros (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meros
Rejissyor(lar) Xilol Nasimov
Ssenariynavis(lar) Xilol Nasimov
Rollarda Rustam Karimov
Munavvara Abdullayeva
Gʻayrat Xusainov
Bobur Aytbagambetov
Fotih Nasimov
Oysanam Yusupova
Bastakor(lar) Dmitriy Yanov-Yanovskiy
Kinematografiya Husan Aliyev
Studiya(lar) "Vatan" kino studiyasi
Distribyutor Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi
Chiqarilgan sanasi 2021-yil 9-may
Davomiyligi 88 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbek tili

Meros2021-yilda suratga olingan, oʻzbek va qozoq xalqlarining eʼtiqod birligi, anʼanalari va koʻp asrlik doʻstligi haqidagi film. Golden Fox Award nufuzli xalqaro mukofoti sovrindori[1] Avstraliyada oʻtkazilgan „Muslim Film Festival“ xalqaro kinofestivalining „Eng yaxshi dramatik film“ nominatsiyasi boʻyicha sovrindorlikga erishgan. Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan[2].

Film haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 2022-yilning mayida Rossiyada oʻtkazilgan „Zolotoy Vityaz“ kinoforumida „Qozoq va oʻzbek xalqlari oʻrtasidagi anʼana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun“ maxsus diplobiga sazovor boʻldi. Ushbi kino anchagina muvofaqqiyatli boʻldi yaʼni 2022-yilning iyul oyida Hindistonda oʻtkazilgan „Oltin tulpor“ („Golden Horse Film Festival“) Xalqaro kinofestivalida hamda Pokistonda oʻtkazildigan „Gandhra Independent Film Festival“ (GIFF) xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi xorijiy film“ va „Eng yaxshi rejissyorlik ishi“ nominatsiyalari boʻyicha ham taqdirlangan. „Meros“ filmi shu kungacha oʻndan ortiq xalqaro festivallarda „Yilning eng yaxshi filmi“ va yana 4 ta festivalda „Eng yaxshi rejissyorlik ishi“ nominatsiyalari gʻolibi boʻldi[3]. 2022-yilning 12-15-may kunlari Lima (Peru) shahrida boʻlib oʻtadigan INCA IMPERIAL INTERNATIONAL FILM FESTIVALda ishtirok etadi[4]. „Meros“ning suratga olish jarayoni 2020-yili boshlangan edi. Suratga olish ishlari Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Belarus davlatlarida boʻlib oʻtdi[5].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Meros“ filmi oʻzbek va qozoq xalqlarining eʼtiqod birligi, anʼanalari va koʻp asrlik doʻstligi haqida hikoya qiladi. Oʻzbek millatining naqadar yuksakligi, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik tushunchalarini oʻzida namoyon etgan, qoʻshni xalqlarning taqdiriga eʼtiborsiz boʻlmagan oʻzbeklar hayoti aks ettirilgan. Oʻzbek yigiti Baxshillo qozoq qizi Oygulga hamdard. Boshqa qishloqdan kelgan qozoq Nurlan ham uni sevib qolgan. Bir-birini tanimaydigan bu ikki yosh Ulugʻ Vatan urushi yillarida birga kurashib, bir-birini oʻlimdan qutqaradi. Shuningdek, filmda Ahmad Yassaviy asos solgan „Tariqat Yassaviy“ maʼnaviy meros sifatida barcha musulmonlarni iymon-eʼtiqodga, insoniylik meʼyorini chuqur anglashga chorlayotgani haqida ham hikoya qilinadi.

Fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turk kinoijodkorlari kinokartinaning bebaho kino asar boʻlganligini va oʻzlarining qalbidan chuqur joy olganini alohida eʼtirof etdi[6].

Ijodiy guruh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rollarda

  • Rustam Karimov
  • Munavvara Abdullayeva
  • Gʻayrat Xusainov
  • Bobur Aytbagambetov
  • Fotih Nasimov
  • Oysanam Yusupova

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]