Merindol qirgʻini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Merindoldagi valdenslar qirgʻini (Gustave Doré gravyurasi)

Merindol qirgʻiniFransiya qiroli Fransisk I tasdiqlagan farmon bilan 1545-yilda Provence viloyatining Merindol shahrida valdenslarga qarshi qilingan qirgʻin. Ularni gʻayridinlik uchun ayblab oʻldirishgan. Provence viloyatining harbiylari va papa qoʻshinlari yuzlab yoki minglab valdenslarni oʻldirishgan.

Merindol toʻgʻrisidagi farmon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xristianlik dinini isloh qilishni istagan valdenslar Italiyaning Piemonte viloyatidan chiqib Chexiya, Germaniya va Fransiya protestant cherkovlariga birika boshladilar. Fransiyaga borgan valdenslar u yerdagi Luberon togʻlarida yashab maxfiy ravishda oʻz diniy udumlariga amal qilib yurganlar. Hududga lyuteranlar kirib kelgach fransuz hukumati valdenslar bilan qiziqa boshlagan[1]. Bunga javoban valdenslar oʻzlari yashayotgan hududni himoya qilishga tayyorlana boshlaganlar, oʻz istehkom hududlarini qurishga kirishganlar[1].

1541-yil 18-noyabrda Provence parlamenti „Merindol toʻgʻrisidagi farmon“ni (fransuzcha: „Arrêt de Mérindol“) chiqardi[2]. 1545-yilda qirol Fransisk I birmuncha qarshiliklardan keyin bu farmonni ijro uchun tasdiqladi. Shu yilning aprel oyida Comtat Venaissin papasining harbiy kuchlari kelib qoʻshilgan Provence viloyati armiyasi Mirendol va Kabrierdagi valdenslarga qarshi harakatni boshlab yubordilar[2].

Qirgʻin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Merindoldagi toshlavha, unda „Oʻz eʼtiqodi uchun jon bergan valdenslar xotirasiga bagʻishlanadi“ deb yozilgan

Bu qirgʻinni Provence parlamentining birinchi prezidenti Jean Maynier va Italiya urushlaridan 2000 Piemonte boʻlinmasi faxriysi bilan qaytgan Antoine Escalin des Aimars boshqarganlar[3].

Maynier va Escalin qoʻshinlari Merindol, Cabrieres va yondosh qishloqlarni qoʻlga oldilar[1]. Tarixchilar ushbu voqea oqibatida yuzlab, ayrim manbalarda minglab odam halok boʻlganini taʼkidlaydilar. Tirik qolganlar fransuz galeralariga qul sifatida sotilganlar. Umumiy hisobda qirgʻin 22 yoki 28 qishloqda olib borilgan[3][4]. Merindoldagi bir yosh yigitning miltiqdan otish orqali qatl qilinishini Yevropada bu jazoning ilk marta qoʻllanilishi deb hisoblash mumkin[5].

Qirol Fransisk I va Rim papasi Pavel III bu qirgʻin xabarini yaxshi kutib oldilar. Papa hatto Jean Maynierni imperatorga koʻrsatiladigan izzat-ikrom bilan qabul qildi[6]. Lekin Fransiya taxtiga Henry II oʻtirgach, bu qirgʻinni uyushtirganlarga jazo tayinlanishini vaʼda qildi. Parij parlamenti qirgʻin yetakchilarini sudga tortishga urindi lekin oxir-oqibatda bir kishidan tashqari barcha ishtirokchilar oqlandilar va jazosiz qoldilar[7]. Ushbu ommaviy qirgʻin valdenslarni kalvinistlar cherkovi bilan yaqinlashtirgan deb hisoblanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Malcolm D. Lambert, Medieval Heresy: Popular Movements from the Gregorian Reform to the Reformation, p. 389
  2. 2,0 2,1 Audisio, Gabriel, Les Vaudois: Histoire d'une dissidence XIIe - XVIe siecle, Fayard, Turin, 1998. pg. 270.
  3. 3,0 3,1 Francis I R. J. Knecht p.405“. 2021-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-dekabr.
  4. Audisio, Gabriel (1998). Les Vaudois, p. 271.
  5. Monter, William. Judging the French Reformation, Harvard UP, 1999. pg 99.
  6. Cameron, Euan. The Reformation of the Heretics, Oxford: Clarendon Press, 1984, pg 154.
  7. Cameron, 154.