Mendizorrotza stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Campo de Fútbol de Mendizorrotza

Mendizorrotza futbol maydoni
Manzili Vitoria-Gasteiz, Ispaniya
Koordinatalari 42°50′14″N 2°41′17″W / 42.83722°N 2.68806°W / 42.83722; -2.68806 G O
Operator Deportivo Alavés
Sigʻimi 19,840[1]
Maydon oʻlchami 105 x 68 m
Chim turi Grass
Konstruksiya
Ochilgan 27-aprel 1924-yil
Kengaytirilgan 1999-yil
Ijarachilar
Deportivo Alavés

Mendizorrotza yoki Mendizorroza Ispaniyaning Vitoria-Gasteiz shahrida joylashgan futbol stadion. Deportivo Alavés jamoasining uy maydoni hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1924-yil 27-aorelda ochilgan ushbu stadion Ispaniya Professional Futbolidagi El Molinón va Mestalladan keyingi uchinchi eng qadimiy futbol maydonlaridan biri sanaladi[2].

Mendizorroza shu kungacha bir necha marta taʼmirlangan. Ulardan eng asosiysi, 1999-yilgi tomoshabinlar sigʻimini hozirgi 19,840ga oshirish maqsadida burchaklarga qoʻshimcha tribunalar qoʻshilganligi sanaladi.

2016-yilda klub Prezidenti Josean Querejeta stadionni modernizatsiya qilish va keygaytirishni[3], maydon sigʻimini 28,000ga yetkazishni eʼlon qildi[4]. Ispaniyadagi COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilning iyun oyida klub loyihaning kamida 1 yilga qoldirilganini tasdiqladi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mendizorrotza Stadium
  2. „Cinco cosas que quizá no sabías de Mendizorroza“ (es). LaLiga.es (2015-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
  3. „El nuevo Mendizorrotza, un estadio para Vitoria y Álava“ [The new Mendizorrotza, a stadium for Vitoria and Álava] (es). Deportivo Alavés (2016-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 17-mart.
  4. „Mendizorroza se ampliará hasta los 28.000 espectadores“ [Mendizorroza will be expanded to 28,000 spectators] (es). Diario AS (2018-yil 25-iyun). Qaraldi: 2019-yil 3-mart.