Mehrigiyoh: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Flobbadob (munozara | hissa)
→‎Rasmlar: Mehrigyohni yo'q qilib yuboradigan itning yana bir hayoliy surati
Flobbadob (munozara | hissa)
→‎Rasmlar: file:///Mandrake-roots.jpg
Qator 34: Qator 34:
File:Mandragora officinarum 005.JPG|Barglar nobud bo'lgandan keyin mevalar: "Jin tuxumlari"
File:Mandragora officinarum 005.JPG|Barglar nobud bo'lgandan keyin mevalar: "Jin tuxumlari"
File:Mandragora autumnalis - ripe fruit.jpg|Yarmida kesilgan bitta meva.
File:Mandragora autumnalis - ripe fruit.jpg|Yarmida kesilgan bitta meva.
file:///Mandrake-roots.jpg|
File:Mandragora autumnalis Root.jpg|Kuzgi Mehrigyohning ildizi yuvilgan (M. autumnalis)
File:Mandragora autumnalis Root.jpg|Kuzgi Mehrigyohning ildizi yuvilgan (M. autumnalis)
File:Root Mandragora.jpg|Mehrigyohning quritilgan ildizi
File:Root Mandragora.jpg|Mehrigyohning quritilgan ildizi

9-Mart 2020, 09:49 dagi koʻrinishi

Mehrigiyoh, mandragora (Mandragora) — ituzumdoshlar oilasiga (Solanaceae) mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Barglari yirik, tuxumsimon, yaxlit, boʻyi 80 sm cha. Gullari sargʻish-yashil, zangori, binafsha yoki oq, yakka. Mevasi — toʻq sariq, dumaloq, yirik rezavor-meva. Oʻrta dengiz sohillari va Himolay hududida 5 turi, Turkmanistonda bir turi usadi. Organlari tarkibida alkaloidlar (giossiamin, skopolamin va boshqalar) bor. Undan tayyorlanadigan preparatlar organizmdagi ogʻriqni qoldirish uchun ishlatiladi.[1]

Oʻzbekistonda dorivor oʻsimlik sifatida Oʻzbekiston FA Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazining botanika bogʻida oʻstiriladi. Uni koʻpaytirish yoʻllari ishlab chiqilgan.[2]

Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekistonimiz turli-tuman o‘simliklarga nihoyatda boy. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yurtimizda ularning 4500 turi aniqlagan. Ma’lumki, nabotot olami o‘ziga xos sir-sinoat va xosiyatga ega. Ana shunday o‘simliklardan biri “mehrigiyoh” bo‘lsa, ikkinchisi “jenshen”dir.

Bu ikkala o‘simlikning bir-biriga o‘xshash tomoni nimada, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Darhaqiqat, “mehrigiyoh” qanday o‘simlik, uning “jenshen”dan farqi nimada?

“Mehrigiyoh” haqida qadimdan turli afsona va rivoyatlar yuradi. Uning ildizini kavlash o‘limga mahkum etilgan odamlargagina buyurilgan. Sababi, “mehrigiyoh” ildizini kavlagan odam o‘sha zahotiyoq jon taslim qiladi. Bejizga yunon olimi Feofrast “O‘simliklar haqida tadqiqotlar” kitobida “mehrigiyoh” ildizini kavlashdan avval quyidagi amallarni bajarishni tavsiya qilmagan: “Avvalo, qilichingizni o‘simlik atrofida uch bora aylantiring, so‘ng yuzingizni kun botish tarafga burib, o‘simlikni shartta kesib tashlang. Ikkinchi tupini kesishdan avval o‘simlik atrofida raqs tushib, afsun o‘qing”.

Qadimgi qo‘lyozma manbalarda “mehrigiyoh” ildizini kavlashning bir qancha usullari ham keltirilgan. Unga ko‘ra, o‘simlik atrofi ehtiyotkorlik bilan kavlab olinib, ildiziga tizimchaning bir uchi, ikkinchi uchi esa och qolgan it dumiga bog‘lab qo‘yiladi. Itdan ancha nariga bir bo‘lak go‘sht tashlanadi. Go‘shtning isini sezgan jonivor o‘sha tomonga talpinadi. Natijada, go‘shtni yeyish uchun olg‘a intilgan it o‘simlik ildizini sug‘urib oladi. Ildizi yerdan sug‘urilayotgan chog‘da o‘simlikdan taralgan chinqiriq ta’sirida it til tortmay o‘ladi.

Bu afsona Uzoq Sharq o‘lkalari — Xitoy, Yaponiya, Koreya va Amur daryosi o‘zanlarida o‘sadigan “jenshen” o‘simligi bilan chambarchas bog‘liq. Bundan 4000 ming yil muqaddam “jenshen” Sharq tabobatida juda muhim o‘rin tutgan. Xitoylik tabiblar uning yordamida turli xil xastaliklarni davolashgan, keksalarga eliksir sifatida iste’mol qilishni buyurishgan. Qadimgi farmakologiya kitoblarida o‘simlikning ildiz sharbati o‘lim talvasasida yotgan odam-da tetiklik baxsh etishi qayd etiladi. Xitoy tabiblari “jenshen”ning ajoyib xususiyatlarini o‘ziga usullar yordamida ham aniqlashgan. Masalan, XI asrlarda giyohning kuchi bir xil jismoniy tayyorgarlikka ega yigitlarni uzoqqa choptirish orqali sinab ko‘rilgan. Shuningdek, “jenshen” Tibet tabobatida azal-azaldan g‘oyatda qadrlanar edi. Uni tabiblik bilan shug‘ullanuvchi rohiblar uzoq yillar davomida begona ko‘zlardan asrab kelishgan.

X asr boshlarida O‘rta Osiyoliklar ham “jenshen” to‘g‘risida eshitganlar. Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino asarlarida o‘simlik haqida mufassal ma’lumot keltirilgan. “Jenshen” ildizining yana bir hayratlanarli xususiyati bor. Agar uning poyasi shamol, hayvon yoki boshqa biron-bir sababga ko‘ra sinib qolsa, ildiz chuqur uyquga kirarkan. Bu holatni terimchilar “Jenshen yerga kirib ketdi” deya talqin qilishadi. Ildizning uyqusi 20-yil, boring-ki undan ham ko‘proq davom etishi mumkin. Uning yangi poya va barglari qulay sharoit tug‘ilgandagina unib chiqadi. Qizig‘i shundaki, odam qiyofasiga o‘xshash “jenshen” ildizi boshqalariga qaraganda qimmatbaho sanaladi. Ildizning yoshi qancha katta bo‘lsa, uning shifobaxshlik xususiyatlari ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Hayotbaxshlik bobida “mehrigiyoh” ildizi ham “jenjen”dan sira qolishmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, bu o‘simlik xususida buyuk allomalarimiz Ibn Sino va Beruniy tomonidan qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Ularda “mehrigiyoh” “Yabrihus sanam” deb atalgan. Ibn Sino “Al-Qonun” kitobining II jildida o‘simlikka batafsil to‘xtalar ekan, uning mohiyati, tabiati, xossalari, inson a’zolari – bo‘g‘inlar, bosh, ko‘z, oziqlantirish va boshqa a’zolarga ta’siri haqida shunday yozadi: “Haqiqatda bor bo‘lgan Yabrihus qoramtir bo‘lib, uvalanishga moyil va kust (o‘simlik, muallif) kabi yirikdir... Tabiblardan uni varafiya deb atovchilar ham bo‘lgan, ya’ni uni ildizi muhabbat hissini qo‘zg‘atuvchidir”.

O‘z asarida ibn Sino “mehrigiyoh” ikki xil bo‘lishligi qayd etgan. “Birinchisi urg‘ochisi, deb tanilgan bo‘lsa, rangi biroz qoraga moyildir. Unga rivqus, ya’ni qohu (o‘simlik, muallif) “mehrigiyoh” deydilar. Chunki uning yaprog‘i qohu yaprog‘i bilan hamshakldir... Ikkinchi xili – “mehrigiyoh”ning erkagi, bu oq, silliq, yirik va enli bo‘ladi. Yaprog‘i lavlagi yaprog‘iga o‘xshashdir...”.

Botanikaga oid ilmiy manbalarda yozilishicha, o‘tgan asr oxirlarida yer yuzida mehrigiyohning uch turi ma’lum bo‘lgan. Hozirgi paytda esa ularning soni 6 taga yetgan bo‘lib, aksariyat Andalusiya, Italiya, Yunoniston, Himolay va Tibet tog‘larida o‘sishi ma’lum.[3][4]Markaziy Osiyoda ilk bor “mehrigiyoh” 1938-yili Turkmanistonning Kopetdog‘ tog‘ining g‘arbiy sarhadlarida topilgan. Barglari lavlagi yaprog‘ini eslatuvchi, ildizi odam qiyofasiga o‘xshash, mevasi esa o‘zimiz bilgan pomidor mevasiga yaqin (o‘simlik sistematik jihatdan ham unga yaqin) bo‘lgan, mazasi esa pishib yetilgan qovunga o‘xshaydi. Quvonarli jihati shundaki, hozirgi kunda bu shifobaxsh o‘simlik O‘zRFA “Botanika” IIChMning Botanika bog‘iga ajratilgan tajriba dalasida yosh botanik olimlar tomonidan ekib, o‘stirilmoqda.

Ha, ildiz tuzilishi odam qiyofasiga o‘xshash bo‘lgan bu ikkala shifobaxsh o‘simlikni insonlar bejizga hayot ildizlari, deb atashmagan. Aslida tabiatning o‘zi mohir yaratuvchi. Aynan inson qiyofasini ana shu o‘simliklar ildizida aks ettirib, dardlardan xalos etib, hayot baxsh etgan[manba kerak].

Rasmlar

Manbalar

  1. Armando T. Hunziker: 'The Genera of Solanaceae' (o'zbek tilida: 'Ituzumdoshlarning Turkumi'). A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Ungricht, Stefan; Knapp, Sandra & Press, John R. (1998). A revision of the genus Mandragora (Solanaceae). Bulletin of the Natural History Museum, Botany Series. 28 (1): 17–40.https://archive.org/stream/bulletinofnatura28natulond#page/26/mode/2up Olingan 8am 9/3/20
  4. Tu, Tieyao; Volis, Sergei; Dillon, Michael O.; Sun, Hang & Wen, Jun (2010). Dispersals of Hyoscyameae and Mandragoreae (Solanaceae) from the New World to Eurasia in the early Miocene and their biogeographic diversification within Eurasia. Molecular Phylogenetics and Evolution. 57 (3): 1226–1237.https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S105579031000374X?via%3Dihub Olingan 8am 9/3/20