Mehnatga qobiliyatsizlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mehnatga qobiliyatsizlik - mehnat qilish qobiliyatining yoʻqolishi yoki mehnatga yaroqsizlik. Odatda, kasallik, baxtsiz hodisa, uy-roʻzgʻor yumushlari, ishlab chiqarish (qarang Kasb kasalliklari), homiladorlik, tugʻish, keksalik va boshqa sabablarga koʻra, kishi mehnat qobiliyatini yoʻqotadi. Doimiy va vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlik tafovut qilinadi. Doimiy Mehnatga qobiliyatsizlik

— nogironlikdir- Vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlik toʻliq yoki qisman boʻlib, qisqa muddatda mehnat qobiliyati tiklanishi mumkin. Vaqtincha toʻliq Mehnatga qobiliyatsizlikda biror ishga qobiliyat yoʻqoladi va bemor uyda davolanadi. Sogʻaygach, yana ishini davom ettiraveradi. Qisman vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlikda bemor odatdagi ishni bajara olmaydi, ammo sogʻligiga putur yetmagan holda boshqa ishni bajarishi mumkin. Vaqtincha Mehnatga qobiliyatsizlikni vrach belgilaydi va mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi (ishdan ozod qilish va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa olish huquqini beradi) yoki ishdan va oʻqishdan ozod qiladigan maʼlumotnoma berib rasmiylashtiradi. Kasallik yoki ishlab chiqarish va turmushda yuz beradigan baxtsiz hodisalar oqibatida Mehnatga qobiliyatsizlik nafaqa ta-yinlashda, ish sharoitini belgilash, soliq toʻlash, maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish yuzasidan turli imtiyozlar berishda (qarang Sugʻurta) asosiy omil hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil