Mehmet Bozdağ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehmet Bozdağ
Tavalludi 1-yanvar 1983-yil (1983-01-01) (41 yosh)
Kayseri, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi Ssenariynavis, film produser, film rejissor
Faoliyat yillari 2009 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Aslı Zeynep Peker Bozdağ
Bolalari 2

Mehmet Bozdağ (talaffuzi: Mehmet Boʻzdagʻ; 1-yanvar 1983-yilda tugʻilgan[1]) turk ssenariynavisi, film produseri va rejissoridir. Shuningdek, u „Bozdağ Film“ produserlik kompaniyasi asoschisi va egasidir.[2]

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bozdağ 1983-yil 1-yanvarda Turkiyaning Kayseri shahrida dunyoga kelgan va Sakarya universitetida tahsil olgan. Xuddi shu universitetda u sotsiologiya boʻyicha magistraturani ham tamomlagan. So'ngra 2004-yildan tarixga qiziqa boshlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Bozdağ TRT telekanali orqali efirga uzatilgan Son Rüya („Soʻnggi istak“) va Kardeş Şehirler („Birodar shaharlar“) hujjatli filmlarining ssenariy muallifi boʻldi. 2010-yilda Ustalar, Alimler ve Sultanlar („Ustozlar, olimlar va sultonlar“) nomli hujjatli filmi suratga oldi.

2014-yildan Mehmet Bozdağ oʻsha mashhur Diriliş: Ertuğrul tarixiy turk serialini suratga olishni boshladi.[3][4] The show was very popular in Turkey and Pakistan.[5] Serial Turkiya va Pokistonda juda mashhur boʻldi. 2015-yilda u „Tirilish: Ertugʻrul“ ning ikkinchi mavsumini va shu yilda Yunus Emre: Aşkın Yolculuğu („Yunus Emre: Ishq sayohati“) nomli yana bir tarixiy serialni ham yaratdi.[6]

Bozdağ 2020-yilda Oʻzbekiston hukumati taklifiga binoan yangi loyiha ustida 2018-yildan beri ishlayotganini maʼlum qildi.[7] 2021-yil 14-fevralda Mendirman Jaloliddin tarixiy seriali namoyish etildi.[7]

2020-yil may oyida u kelajakda Pokiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanligini aytdi. Hozirda Mehmet Bozdağ 2019-yil noyabr oyidan beri ATV telekanalida namoyish qilinayotgan Kuruluş: Osman („Hukmdor Usmon“) serialini suratga olmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „'Diriliş Ertuğrul'a hayat veren adam: Mehmet Bozdağ“ (tr). www.timeturk.com. Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
  2. „Bozdağ Film“ (tr). www.bozdagfilm.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 23-iyun.
  3. SABAH, DAILY „Producer of ʻResurrection Ertuğrulʻ reveals new project on Jalal al-Din Khwarazmshah“ (en-US). Daily Sabah (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  4. Polat, Cüneyt „Diriliş Ertuğrul'un Yapımcısı Mehmet Bozdağ: Her şey bir rüya ile başladı!“ (tr). Cüneyt Polat (2016-yil 10-may). Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  5. „Turkish Ertugrul TV series takes Pakistan by storm“. www.aa.com.tr. Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  6. „After 'Dirilis: Ertugrul', 'Yunus Emre' to air on state-run television“ (en). The Nation (2020-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-iyun.
  7. 7,0 7,1 „Producer of ʻResurrection Ertuğrulʻ reveals new project on Jalal al-Din Khwarazmshah“ (en-US). Daily Sabah (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]