Kontent qismiga oʻtish

Medracen

Koordinatalari: 35°42′26″N 6°26′04″E / 35.70722°N 6.43444°E / 35.70722; 6.43444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Medracen
berber.: imedɣasen

2010-yilgi holati
Manzilgoh Batna viloyati, Jazoir
Koordinatalar 35°42′26″N 6°26′04″E / 35.70722°N 6.43444°E / 35.70722; 6.43444

Medracen (berber.: imedɣasen), shuningdek, Madghacen yoki Medghassen yoki Medrassen yoki Madghis deb ham yoziladi – Jazoirning Numidiya hududidagi Batna shahri yaqinida, Aurasius Monsda joylashgan Berber Numidiya qirollarining qirollik maqbara-ziyoratgohidir[1].

Mustaqil boʻlishiga qaramay, Numidiya qirolligi Oʻrta yer dengizi hokimiyat siyosatida tobora koʻproq ishtirok eta boshlagan. Klassik arxitektura bilan yaxshi tanish boʻlgan meʼmor poydevordagi devorning vertikal qismini Dorik tartibida bunyod etgan. Binoning butun tashqi koʻrinishi tosh bilan qoplangan va hozir ham shunday saqlangan boʻlib, ustki qismining toʻgʻri konusi (tekis tepadan tashqari) Misr piramidalari kabi zinapoyalardan tarkib topgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madghis miloddan avvalgi 300-200-yillarda mustaqil Numidiya qirolligining shohi boʻlgan[3]. Numidiya Ptolomey davridagi Misr bilan chegaradosh boʻlgan va Ikkinchi Puni urushida qatnashgan.

Ibn Xaldun Numidiya shohi haqida quyidagilarni aytgani: „Madghis Botr Zenata, Banu Ifron, Magʻrava (Aimgharen), Mariniy, Ziyyaniy va Vattasiy boʻlimidagi berberlarning ajdodlaridandir.“[4][5]

Xavf ostida qolishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda olingan inshootning yuqoridan koʻrinishi
Yuqoridan koʻrinishi
Dori tartibida qurilgan ustunlaridan biri

ICOMOS oʻzining 2006-2007-yillardagi „Xavf ostidagi meros“ hisobotida taʼkidlaganidek, maqbara „yodgorlik qiymati va uning haqiqiyligiga eʼtibor berilmagan holda amalga oshirilgan katta „taʼmirlash ishlari“ qurboniga aylandi“[6][7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Khaldun and Yassine Bouharrou, History of the Berbers Andoza:ISBN?Andoza:Page?
  2. Lawrence, A. W., Greek Architecture, p. 189, 1957, Penguin, Pelican history of art
  3. Gautier, Émile Félix. Le passé de l'Afrique du Nord: les siècles obscurs (fr). Payot, 1952. 
  4. Ibn Khaldoun, History of the Berbers
  5. Gautier, É. F. (1937)
  6. Algeria Mausoleum of Medracen in Danger
  7. „Algeria Mausoleum of Medracen in Danger“. ICOMOS (2006–2007). Qaraldi: 2016-yil 8-avgust.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]