Meʼdani yuvish
Meʼdani yuvish — turli moddalardan zaharlanganda, sifatsiz ovqat yeb qoʻyganda, shu moddalar yoki ovqat qoldiklarini meʼdadan chiqarib tashlash maqsadida qoʻllangan muolaja. Bemorning ahvoliga qarab u oʻtirgan yoki yotgan holatida qilinadi. Meʼda zond bilan yoki oddiy usulda yuviladi. Zond orqali yuvganda 600—800 ml iliq suvga 2% li natriy gidrokarbonat yoki kaliy permanganat eritmasi qoʻshib meʼdaga yuboriladi va qayta soʻrib olinadi. Meʼdaga yuboriladigan suv toza boʻlib qaytib tushmagunicha Meʼdani yuvish takrorlanaveradi. Buning uchun 8—10 l cha suyuqlik ishlatiladi. Muolajani tibbiyot xodimi bajaradi. Uy sharoitida (hayot uchun xavfli zaharlanish hollari roʻy berganida, vrach yetib kelgunga qadar) yoki zond bilan yuvish mumkin boʻlmaganda oddiy usul qoʻllanadi. Buning uchun bemorga ketma-ket 5—6 stakan iliq suv ichirib qustiriladi. Bu oddiy usulni bir necha marta takrorlash lozim. Meʼda yuvib boʻlingach, bemor issiq oʻringa yotqizilib, orom beriladi; ogʻzini chayganidan soʻng 1—2 qultum issiq choy ichiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
Oshqozonni yuvish- bu oshqozonni toksiklkar va zaharli moddalar yoki boshqa zararli elementlardan tozalash uchun tibbiy muolaja. Ushbu jarayon asosan favqulotda holatlarda qo'llaniladi. Masalan, zaharlanish yoki oshqozonga zararli moddalar tushganda. Quyida bu jarayonning maqsad, usullari va ehtiyot choralari haqida ma'lumot berilgan.
OSHQOZONNI YUVISH MAQSADI 1Zaharlanishlarni bartaraf etish: dori vositalari yoki kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda 2 Toksinlarni chiqarib tashlash: Ovqatdan yoki ichimlikdan kelib chiqqan zaharlanish holatlari 3 Tibbiy diagnostika: Oshqozon tarkibini o'rganish maqsadida suyuqlik namunasini olish
OSHQOZONNI YUVISH JARAYONI
1 Bemorni tayyorlash:
bemor qulay holatda o'tqaziladi yoki yotqiziladi og'iz yoki burun orqali kiritiladigan maxsus zond tayyorlanadi
2Zond kiritish
nazogastrik zond yoki og'izdan oshqozonga yetkazilgandan so'ng, uning joylashuvi to'g'ri ekani tekshiriladi
3 Yuvish suyuqligi
steril tuzli suv, karbonatil soda eritmasi yoki maxsus tibbiy eritmalar ishlatiladi harorat: eritma tana hariratiga yaqin bo'lishi kerak (36-37)
4 Yuvish jarayoni
eritma zond orqali oshqozonga kiritiladi (odatda 200-300 ml hajmda) keyin oshqozon tarkibi chiqarib tashlanadi ushbu jarayon bir necha marta takrorlanadi, oshqozon tozlangunga qadar davom etadi
5 Yakuniy bosqich
zond ehtiyotkotliik bilan chiqariladi bemor kuzatuvga olinadi va kerak bo'lsa, qo'shimcha muolajalar qilinadi
EHTIYOT CHORALARI 1 Tibbiy kuzatuv ostida bajarish:
oshqozonni yuvish faqat shifokor yoki malakali tibbiy xodimtomonidan olib borilishi kerak
2 Zarur sharoitlar: tozalangan sterol jihozlar ishlatilishi kk 3 Zararni oldini olish: zondni noto'g'ri joylashtirmaslik uchun ehtiyotkorlik zarur. Nafas yo'liga kirib qolish xavfi mavjud
ASORATLAR
1 Nafas yo'liga suyuqlik tushishi (aspiratsiya) 2 qon ketishi yoki shilliq qavatning shikastlanishi 3 elektrolit muvozanatining buzilishi
Oshqozonni yuvish jiddiy va faqat zarurat bo'lgandagina qo'llaniladi.