Kaliy permanganat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaliy permanganat (Kalium permanganicum), margansovka, KMnO4 — antiseptik modda. Toʻq binafsha rangli yaltiroq kristall. Suvda yaxshi eriydi. Eritma qizgʻish-binafsha rangli. K.p. toʻqimalarga tushganida oʻzidan kislorod ajratib, burishtiruvchi, qitiqlovchi va kuydiruvchi taʼsir etadi, ayni vaqtda ajralib chiqayotgan kislorod hisobiga mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Organik va anorganik kimyoda oksidlovchi, tibbiyotda suvdagi eritmasi yaralarni yuvish, ogʻiz va tomoqni chayish, ginekologiya hamda urologiya amaliyotida antiseptik vosita sifatida ishlatiladi.[1]

Fizik xossalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻrinishi: metall yarqiroqligiga ega boʻlgan toʻq binafsharangli kristallar. Nur sindirish koʻrsatkichi 1.59 ga teng(20C haroratda).

Suvda, suyuq ammiakda, atsetonda (2:100 nisbatda), metanolda, piridinda eriydi.

Molyar massasi — 158,034 g/mol

Zichligi — 2,703 g/sm3


Termodinamik xossalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliy permanganatning termodinamik xossalari
Standart entalpiya H −813,4 kJ/mol (t) (298 K haroratda)
Standart Gibbs energiyasi G −713,8 kJ/mol (t) (298 K haroratda)
Standart entropiya S 171,71 J/(molK) (t) (298 K haroratda)
Standart molyar issiqlik sigʻimi Cp 119,2 J/(molK) (t) (298 K haroratda)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil