Mayya (xalq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mayya, axkex (yukateklar) — Meksika, Gvatemala (Yukatan ya.o.) va Belizda yashovchi indeys xalqi. Umumiy soni 700 ming kishi. Meksikada 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari) yashaydi. Mayyakiche oilasiga kiruvchi mayya tilida soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar, lekin amalda qad. diniy eʼtikrdlar saqlangan. M. dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik, baliqchilik va asalarichilik bilan shugʻullanadi. M. avlodlari Jan.-Sharqiy Meksika, Gonduras, Gvatemala hududlarida mavjud boʻlgan Amerikaning eng kad. madaniyati (Olmek madaniyati bilan bogʻliq)ni yaratganlardan hisoblanadi. Milodiy 1ming yillikda M.larda toshdan yasalgan inshootlari boʻlgan shaharlar vujudga kelgan. 9-asrda M.larning koʻpchilik shaharlari tolteklar boshchiligidagi indeys qabilalari bostirib kelishi natijasida vayron boʻlgan. 10-asrda Yukatanda yangi mayyatoltek davlati vujudga kelgan, u keyinchalik bir qancha mustaqil shahardavlatlarga parchalanib ketgan. M.lar jamiyatida huk-mron qatlamni harbiy zodagonlar va kohinlar tashkil etgan. M.larda urugʻchilik munosabatlari qoldiklari saqlangan, qulchilik rivojlangan. Qishloq aholisi turli majburiyatlarni oʻtagan. Shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy etgan. M.lar oʻzlarining iyeroglif yozuvlarini ixtiro etishgan (qarang Mayya yozuvi). M.lar matematika, tibbiyot, astronomiya (xususan, qishloq xoʻjaligi ishlari muddatini belgilovchi puxta ishlangan taqvim) sohasida ilmiy bilimlarga ega boʻlishgan. M.lar, ayniqsa, yomgʻir va shamol maʼbudlariga qattiq eʼtiqod qilganlar. 16-asr boshlarida Markaziy Amerika ispan mustamlakachilari tomonidan bosib olingandan keyin M.lar kalin tropik oʻrmonlarga koʻchib oʻtib, 20-asr boshlarigacha amalda oʻz mustaqilliklarini saklab keldilar. 100 dan ortiq shahar harobalari saqlangan. Eng yiriklari — Chichen Itsa, Kopan, Mayyapan, Ushmal, Tikal (yana q. Indeyslar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil