Mayya yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mayya yozuvi — indeys xalqlaridan biri — mayyalarning oʻziga xos iyero-glifik (soʻz-boʻgʻinli) yozuvi. 18—20-asrlarda topilgan 4 ta yozma yodgorlik Drezden, Parij, Madrid va NyuYork shaharlarida saqlanadi. Ular milodiy 1-asrga mansub. Shuningdek, mayya shaharlari harobalarida toshlarga yozilgan, biroq ataylab shikayet yetkazilgan bir qancha toshbitiklar ham aniqlangan. Mayya yozuvi 16-asr gacha, ispan cherkovi taqiqlaguncha amalda boʻlgan. Mayya yozuvida harf yoki boʻgʻinni ifodalovchi (fonetik), butun bir soʻzni bildiruvchi (ideografik), shuningdek, oʻqilmasada, soʻz maʼnosini tushuntiruvchi (ochqich) belgilar qoʻllangan. Hammasi boʻlib 300 ga yaqin belgi aniqlangan. Iyeroglifik matnlar tili talaffuz, soʻzlar tarkibi, grammatik jihatlardan 16—17-asrlardagi mayya soʻzlashuv tilidan farq qilgan. Mayya kitoblari maxsus usul va vositalar bilan tay-yorlangan, har ikki tomoniga ohak surtilgan qogʻoz tasmalariga chutka bilan yozilgan. Mayya yozuvini oʻqib oʻrganish harakati 19-asr oʻrtalarida boshlangan boʻlsada, qogʻozga va toshga yozilgan matnlar hozirgacha toʻliq tarjima qilinmagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil