Bastiliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Prise de la Bastille (Jean-Pierre-Louis-Laurent Houel)

Bastiliya (fransuzcha: la Bastille) — Parijdagi qalʼa, 1370 — 1382-yillarda qurilgan; 15-asrdan davlat turmasi. Qoʻzgʻolon koʻtargan xalq tomonidan Bastiliyaning shturm qilinishi (1789-yil 14-iyul) Buyuk Fransuz inqilobini boshlab bergan (1880-yildan har yili Fransiyaning milliy bayrami sifatida nishonlanadi). 1790-yil Bastiliya buzib tashlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil