Julius Caesar: Versiyalar orasidagi farq
k Bot: li:Julius Caesar is a featured article |
k Bot: bg:Юлий Цезар is a featured article |
||
Qator 35: | Qator 35: | ||
{{Link FA|vi}} |
{{Link FA|vi}} |
||
{{Link FA|li}} |
{{Link FA|li}} |
||
{{Link FA|bg}} |
|||
[[af:Julius Caesar]] |
[[af:Julius Caesar]] |
20-Oktyabr 2011, 05:42 dagi koʻrinishi
Julius Caesar | |
Rim respublikasining diktatori | |
Hukmronligining boshlanishi: | oktabr, mil. av. 49-yil |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 15 mart, mil. av. 44-yil |
Oʻtmishdosh: | yoʻq |
Tugʻilgan sanasi: | mil. av. 102-yil yoki mil. av. 100-yil |
Tugʻilgan joyi: | Rim |
Vafot sanasi: | 15 mart, mil. av. 44-yil |
Vafot joyi: | Rim |
Turmush oʻrtogʻi: | 1. Cornelia Cinna minor (mil. av. 83-yil - mil. av. 69-yil) 2. Pompeia Sulla (mil. av. 68-yil - mil. av. 62-yil) 3. Calpurnia Pisonis (mil. av. 59-yil - mil. av. 44-yil) |
Otasi: | Gaius Julius Caesar |
Gaius Julius Caesar (lotincha: Imperator Gaius Iulius Caesar — Imperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Kaysar)) (mil. av. 102 yoki 100-yil — 15 mart mil. av. 44-yil) — qadimiy rimlik davlat va siyosat arbobi, sarkarda, yozuvchi.
Kirish
Galliya ustidan gʻalaba qozonib, Sezar Rim mamlakatini shimoliy Atlantika sohillarigacha kengaytiradi va Fransiyani Rim ta'siri ostiga oʻtkazadi, shuningdek, u Britan orollariga bostirib kiradi. Sezarning faoliyati Gʻarbiy Yevropaning madaniy va siyosiy qiyofasini butunlay oʻzgartirib yuboradi va yevropaliklarning keyingi bir necha avlodlari hayotida oʻchmas iz qoldiradi.
Gay Yuliy Sezar zoʻr harbiy strateg va taktik boʻlib, fuqarolar urushida gʻalaba qozonadi va Pax Romananing yagona hukmdoriga aylanadi. Gnaeus Pompeius (Gney Pompey) bilan bir qatorda y rim jamiyati va davlati islohotlarini boshlaydi, bu uning vafotidan keyin Rim imperiyasining barpo boʻlishiga olib keladi. Sezar respublika boshqaruvini markazlashtirmoqchi boʻladi. Yovuz tillar aytishardiki, u podshoh hukmronligiga intilardi. Ammo, Sezar dastlabki yetti podshohning yomon hotirasini eslab (ularni deb rimliklar monarhiyani chiqishtirmas edilar), boshqa yoʻl bilan boradi: umrbod diktator boʻlib qoladi. U oʻzini shunchaki - Sezar deb atashlarini hohlardi. Uning oʻldirilishi fuqarolar urushi qaytadan boshlanishiga, Rim respublikasiga yakun yasalishiga va u tomonidan asrab olingan Octavianus Augustus boshqaradigan imperiyaning tugʻilishiga olib keldi. Keyinroq koʻpgina monarhlar oʻzlarini afsonaviy Sezar bilan bogʻlamoqchi boʻladilar. Shu yoʻl bilan nemischa: Kaiser ("kayzer") va ruscha tsar soʻzlari kelib chiqqan.
Oilasi
Gay Yuliy Sezar Rimda, Yuliylar sulolasidan boʻlgan patritsiylar oilasida tavallud topgan.
Otasini Gay Yuliy Sezar oʻn olti yoshida yoʻqotadi; onasi bilan esa uning vafotiga qadar, mil. av. 54-yilgacha yaqin aloqada boʻladi.