Patritsiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Patritsiylar (patricii, lot. pater — otadan) — Qad. Rimdagi urugʻ zodagonlari. Dastlab P. deb urugʻ tashkilotiga kirgan va plebeylarta karshi turgan Rimning barcha tub aholisi atalgan boʻlsa kerak. Anʼanaga koʻra, P. dastlab 100, soʻngra 300 ota urugʻini jamlab, Rim xalkini (Populus Romanus Quiritium) tashkil etishgan. Miloddan avvalgi 6-asr oxiridan, sinfiy tabakalanish va davlat shakllanayotgan davrda P. Rim respublikasining hukmron tabakasiga aylangan. Ular barcha fuqaro va siyo-siy hukuklarga, xususan, oliy magis-traturani almashtirish hukuqiga ega boʻlishgan. Bu imtiyozlar P. bilan plebeylar oʻrtasidagi kurashga sabab boʻlgan, u miloddan avvalgi 5-asr boshidan miloddan avvalgi 3-asr boshigacha davom etgan. Bu kurash jarayo-nida Rim respublikasi davlat tizi-mi tuzilgan, plebeylar Populus Romanus tarkibiga kiritilganlar va barcha huquklarda P. bilan tenglashganlar. Miloddan avvalgi 3-asr boshida P. va plebeylar rahbarlari oʻzaro birikib nobilitetni tashkil etishgan. P.dan boʻlgan nobillar orasida Valeriylar, Klavdiylar, Korneliylar, Fabiylar, Emiliylar, Yuliylar va boshqa urugʻ vakillari Kad. Rimning siyosiy xdyotida alohida rol oʻynashgan. Imperiya davrida yangi patritsiat vujudga kelib, ular senatorlar tabaqasining imtiyozli qismidan iborat edi; unga imperatorlar tomonidan Italiya va provinsiyalardan chiqkan shaxslar kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil