Galliya
Qiyofa
Galliya — tarixiy viloyat. Po daryosi bilan Alp togʻlari oraligʻi (Sizalpin Galliyasi) hamda Alp togʻlari, Oʻrta dengiz, Pireney yarimoroli, Atlantika okeani oraligʻi (Transalp Galliyasi)da joylashgan. Mil. av. VI asrdan keltlar (rimliklar ularga gallar deb nom bergan) kelib oʻrnashgan. Mil. av. taxminan 220-yil Sizalpin G.si hududi Rimga tobe qilinib uning provinsiyasiga aylantirilgan. Mil. av. 58—51-yillarda Transalp Galliyasi hududi Yuliy Sezar tomonidan bosib olinib, Rimning 4 ta provinsiyasi (Narbonna Galliyasi, Lugdun Galliyasi, Akvitaniya va Belgika) ga boʻlingan. Mil. V asr boshidan G. hududi german qabilalari tomonidan bosib olina boshlagan va V asr oxirida Frank davlati tarkibiga kirgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |