Chumolilar: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
FoxBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: so:Quraansho
SieBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: si:කූඹියා
Qator 116: Qator 116:
[[scn:Furmìcula]]
[[scn:Furmìcula]]
[[sh:Mrav]]
[[sh:Mrav]]
[[si:කූඹියා]]
[[simple:Ant]]
[[simple:Ant]]
[[sk:Mravcovité]]
[[sk:Mravcovité]]

22-Yanvar 2011, 02:52 dagi koʻrinishi

Chumoli
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonot
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Turkum: Pardaqanotlilar
Kenja turkum: Apocrita
Katta oila: Vespoidea
Oila: Formicidae
Latreille, 1809

Chumolilar (lot. Formicidae) pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi hasharotlar oilasidir. Eng koʻp tarqalgan hasharotlardan hisoblanishadi. Yaxshi uyushgan jamoa boʻlib yashashadi. Jamoada milliongacha chumoli boʻlishi mumkin. Ishchi, navkar, erkak va ona chumolilar ajratiladi. Ona chumolining qorin qismi juda katta boʻlib uyasidan chiqmaydi.U tuxum qoʻyib nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar parvarish qilib boqadi. Navkar chumolilar uyani dushmandan himoya qiladi. Ular uyaga kiradigan teshikni boshlari bilan yopib oladi. Uyaga kiradigan ishchi chumolilar moʻylovlarini navkarlar boshiga tekkazadilar. Shundan keyinga navkar chumolilar ularga uyaga kirish uchun ruxsat beradilar.Ishchi chumolilar oziq yigʻish, qurtlarni parvarish qilish va koʻchirib yurish, uyani toza saqlash vazifasini bajaradi. Shuningdek, ular jigʻildonida chala hazm boʻlgan oziq bilan qurtlari, navkarlari, lichinkalari va ona chumolini oziqlantiradi.Chumolilar tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan toʻnkalarning ichiga juda koʻp xona va yoʻlaklardan iborat uya quradi. Sariq oʻrmon chumolisi uyasining yuqori qismi gumbazga oʻxshaydi. Uning balandligi 2 metrgacha yetadi. Qishda chumolilar uyasining yer ostki qismida gʻuj boʻlib qishlaydi. Bahorda qanotli yosh ona erkaka chumolilar uyasidan uchib chiqadi. Erkaka chumoli urgʻochisini urugʻlantirgach halok boʻladi. Yosh ona chumoli esa qanotlarini tashlab oʻziga kichikroq uya qurib oladi.Chumolilarning juda koʻpchiligi foydali hisoblanadi. Sariq oʻrmon chumolilari daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha oʻrmonni zararkunandalardan himoya qiladi. Oʻrta Osiyo choʻllarida yirtqich chopqir ot chumoli va oʻroqchi chumoli keng tarqalgan. Ular har xil oʻsimliklarning urugʻi va doni bilan oziqlanib, birmuncha ziyon yetkazadi. Xonadonlarda uchraydigan sariq fir'avn chumoli shirinlik va yogʻlik oziq-ovqat mahsulotlariga juda oʻch boʻladi Qora bogʻ chumolisi shaftoli, olma, oʻrik va boshqa oʻsimliklarga zarar keltiradigan shira bitlari ajratadigan shirani yalab oziqlanadi. Ular shira bitlarini qoʻriqlash bilan ancha ziyon yetkazadi. Chumolilar nashtarli hasharotlardir (lekin nashtarlari juda kalta, sut emizuvchi terisidan oʻta olmaydi shuning hisobiga ular chaqa olmaydi.).

Andoza:Link FA Andoza:Link FA