Fizika: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Oʻzgarish mavjud emas ,  8 oy oldin
k
Bot v1: Tuzatmalar
k (Juda ko'plab imloviy xatolar taxrir qilindi. Asrlar esa Rim raqamlarida yozib chiqildi.)
k (Bot v1: Tuzatmalar)
1926-yilda E. Fermi va P. Dirak Pauli prinsipiga boʻysunadigan, spinlari 1/2 ga teng boʻlgan, bir xildagi zarralar tizimi uchun Fermi-Dirak statistikasini kashf qildilar.
 
1928-yilda Ya. Frenkel va V. Geyzenberg ferromagnetizm asosida kvantli almashinishdagi oʻzaro taʼsirlar hal qiluvchi ekanligini koʻrsatdilar. 1932-1933 -yillarda fransuz fizigi L. Neyel va Ya. Landaular antiferromagnitizm mavjud ekanligini oldindan bashorat qildilar. X. Kamerling Onnes tomonidan simob, qalay va baʼzi elementlarning oʻta oʻtkazuvchanligining hamda Kapitsa tomonidan geliy II ning, oʻta oquvchanligi ochilishi kvant statistikasida yangi yoʻnalishlarning vujudga kelishiga olib keldi. 1950-yilga kelib L. Landau va V. Ginzburg oʻta oʻtkazuvchanlikning batafsil nazariyasini ishlab chiqdilar.
 
1916-yilda [[Albert Einstein|Albert Eynshteyn]] yaratgan majburiy nurlanishning kvant nazariyasi asosida 50-yillarga kelib yangi kvant elektronikasi rivoj topdi. N. Basov va A. Proxorov (ulardan mustaqil tarzda amerikalik olim U. Tauns) yaratgan mazerda elektromagnit toʻlqinlarni hosil qilish va kuchaytirishni amalga oshirdilar. Bu 60-yillarda yorugʻlikning kvant generatori - lazerning yaratilishiga olib keldi.
A.E. Bekkerel P. Kyuri va M. Sklodovskaya Kyuri bilan hamkorlikda radioaktiv nurlanishni, keyinchalik E. Rezerford bu nurlanishning oʻz-oʻzidan parchalanishi nurlanish bilan birgalikda hosil boʻlishini ochdilar. 1932-yilda J.Chedvik neytron zarrani ochdi. Rus olimi D.D. Ivanenko va V. Geyzenberglar atom yadrosining proton va neytrondan iborat ekanligini aniqladilar. 1934-yilda I. Jolio va Kyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini ochdilar.
 
Tezlatkichlarning yaratilishi zaryadlangan zarralar taʼsirida yadro reaksiyalari hosil qilish imkonini yaratdi. Yadro boʻlinishlari hodisasining ochilishi muhim natija boʻldi. 1939-1945 -yillarda birinchi marta <math>U^{235}</math> zanjir reaksiyasi yordamida yadro energiyasi ajralib chiqishiga erishildi. Bu energiyadan tinch maqsadda foydalanish 1954-yildan amalga oshdi. 1952-yilda termoyadro sintezi (termoyadro portlashi) amalga oshirildi.
 
Atom yadrosi fizikasi rivoji bilan bir vaqtda elementar zarralar fizikasi ham rivojlandi. Birinchi muhim yutuqlar kosmik nurlarni tadqiq qilish bilan bogʻliqdir. Myuonlar, <math>\pi</math> mezonlar, K mezonlar, giperonlar kabi zarralar topildi. Yuqori energiyali zaryadli zarralar tezlatkichlari yaratilishi bilan elementar zarralar, ularning xususiyatlari va oʻzaro taʼsirlari rejali tadqiq qilina boshladi. Tajribalarda ikki xil neytrinolar va boshqa koʻplab elementar zarralar ochildi.
271 940

ta tahrir

Navigatsiya