Xayr, maktabim: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 42: Qator 42:
== Havolalar ==
== Havolalar ==
* [https://www.youtube.com/watch?v=BraATPWXluE „Xayr, maktabim!“ klipi YouTubeda]
* [https://www.youtube.com/watch?v=BraATPWXluE „Xayr, maktabim!“ klipi YouTubeda]
* [https://www.youtube.com/watch?v=ChFTxiZOyo0 „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻi tarixi]
* [https://www.youtube.com/watch?v=_obS60nYA8M „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻi tarixi]
* [http://www.songsterr.com/a/wsa/ravshan-sobirov-and-setora-xayr-maktabim-tab-s390603t8 „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida]
* [http://www.songsterr.com/a/wsa/ravshan-sobirov-and-setora-xayr-maktabim-tab-s390603t8 „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida]
* [https://tabs.ultimate-guitar.com/tab/ravshan-sobirov/xayr-maktabim-guitar-pro-1916237 „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida]
* [https://tabs.ultimate-guitar.com/tab/ravshan-sobirov/xayr-maktabim-guitar-pro-1916237 „Xayr, maktabim!“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida]

29-Noyabr 2020, 12:23 dagi koʻrinishi

„Xayr, maktabim!“
Ravshan Sobirov va „Setora“ guruhi singli
Chiqarilgan sanasi 25-may, 2004-yil(2004-05-25)
Format Kasseta singl
Yozib olingan May, 2004
Studiya Tarona Records
Davomiyligi 6:01
Leybl Tarona
Matn muallif(lar)i Husan Sodiqov
Prodyuser(lar) Ravshan Yoʻldoshev

Xayr, maktabim!“ — Ravshan Sobirov va „Setora“ guruhi ijrosidagi qoʻshiq. 2000-yil may oyida yozib olingan, oʻsha yili 25-may — soʻnggi qoʻngʻiroq kuni ilk marotaba ijro qilingan. Qoʻshiq Oʻzbekiston va qoʻshni mamlakatlarda yashovchi oʻzbeklar orasida maktab bitiruvchilari madhiyasiga aylangan.[1] Bugunga qadar koʻplab ijrochi kaver qilgan qoʻshiq ham Sobirov, ham Setora guruhi repertuaridagi eng mashhur ashulalarning bir boʻlib keladi.[2]

Qoʻshiqni Husan Sodiqov yozgan. Ashulaning ilk aranjirovkasini Sobirovning gastrollardagi klavishchisi Odiljon Mahmudjonov tayyorlagan, yakuniy versiyasini „Bolalar“ aranjirovkachisi Vagif Zokirov tayyorlagan. Sobirov va „Setora“ ijrosida bitiruvchilar uchun maxsus ashula yozish taklifini Tarona Records studiyasi asoschisi Ravshan Yoʻldoshev taklif qilgan. Uning klipini taniqli rejissor Bahodir Yoʻldoshev olgan.

Tarixi

2000-yilning may oyida Tarona Records studiyasi asoschisi, qoʻshiqchi Lola Yoʻldoshevaning otasi Ravshan Yoʻldoshev „Bolalar“ guruhi aʼzosi, Ravshan Sobirovning amakisi Husan Sodiqovga Sobirov va „Setora“ guruhi ijrosida bitiruvchilar uchun „parad“ ashulasini yozishni taklif qilgan. Yoʻldoshev qoʻshiqni Tarona Recordsda yozib olishni taʼminlashni hamda klip olib berishni vaʼda qilgan.

Buning ortidan Sodiqov Sobirovning Oʻzbekiston boʻylab gastrollari davomida ashulani yoza boshlagan. Ashulaning ilk nusxasi tayyor boʻlganidan keyin, Sobirovning gastrol klavishchisi Odiljon Mahmudjonov oʻzining Korg sintezatorida dastlabki aranjirovkani tayyorlagan.

Ashulaning ilk versiyasi tayyor boʻlganidan keyin, Sodiqov uni „Bolalar“ guruhi aranjirovkachisi Vagif Zokirovga yuborgan. Zokirov uni professional aranjirovka qilgan, avjdagi gitara solosini yozgan. Ashula 2000-yilning may oyida Tarona Records studiyasida yozib olingan. Ilk bor oʻsha yilning 25-mayida — soʻnggi qoʻngʻiroq kuni taqdim etilgan.

Klipi

Qoʻshiq klipini Bahodir Yoʻldoshev olgan. Klip 2000-yilning may oyida Toshkent shahridagi 145-sonli maktabda 2-3 kun ichida yozib olingan. Klipdagi yosh qiz rolini Yoʻldoshevning toʻngʻich qizi Elina Yoʻldosheva oʻynagan. Shuningdek, Yoʻldoshevning rafiqasi Inna Yoʻldosheva „Setora“ qizlari uchun maktab oʻquvchisi formasiga oʻxshash liboslarni topib bergan.

Manbalar

Havolalar