Kurt Cobain: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
File
Qator 1: Qator 1:
[[File:Kurt St Thomas 1991 cropped.jpg|thumb|Cobain (1991)]]
[[File:Kurt Cobain 1991 cropped.jpg|thumb|Cobain (1991)]]


'''Kurt Donald Cobain''' ([[1967]] - [[1994]]), [[Nirvana (guruh)|Nirvana]] guruhining solisti va guruhning qo'shiq matnlarini, musiqasini yozgan mashhur musiqachi.
'''Kurt Donald Cobain''' ([[1967]] - [[1994]]), [[Nirvana (guruh)|Nirvana]] guruhining solisti va guruhning qo'shiq matnlarini, musiqasini yozgan mashhur musiqachi.

22-Oktyabr 2020, 13:33 dagi koʻrinishi

Fayl:Kurt Cobain 1991 cropped.jpg
Cobain (1991)

Kurt Donald Cobain (1967 - 1994), Nirvana guruhining solisti va guruhning qo'shiq matnlarini, musiqasini yozgan mashhur musiqachi.

Hayoti

Kurt Cobain, 1967-yil 20 fevralda Vashingtonda tug'ildi. Ota-onasi ajrashgan bo'lgani uchun bolalik chog'larini qarindoshlarinikida o'tkazdi. Yngwie Malmsteenni gitara chalishini yoqtirar edi. Shu sababdan birinchi gitarasini 14-yoshligida, amakisidan bir velosiped o'rniga oldi. Kolledjda o'qiyotgan davrlarida odam anatomiyasi va adabiyotga qiziqar edi. Ko'p vaqtini kutubhonalarda she'r kitoblaridagi she'rlarni yodlash bilan o'tkizar edi. U yerda Nirvananing ba'zi qo'shiqlarini yozadi.

Kurt Cobain kolledjdaligida narkotik bilan tanishadi. Organizmi Marihuanaga o'rganib qoladi. 1980da narkotiklarning odamlarga qanchalik yomon ta'sir qilganini ko'rib, tashlamoqchi bo'ladi, biroq tashlay olmadi. Endi narkotik uning hayotini bir parchasiga aylandi va kelajakda bu albatta unga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Elektro gitara olgan kunidan boshlab do'stlari bilan guruh qurmoqchi bo'ladi. "Nirvana"ni tashkil qilishdan oldin shaharma-shahar sayohat qilib ijod qilar edi. Keyinchalik kolledjda pank rok musiqasi muhlisi Krist Novoselic bilan tanishadi. Bir necha yildan keyin ular guruh quradilar.

Bir necha yil bir qancha barabanchi alishtirdilar. Keyin nihoyat Chad Channingni qo'shilishi bilan Nirvana guruhi tashkil qilinadi. Birinchi albomlari "Bleach"ni 1989-yil chiqaradilar. Kurt Channingni baraban chalishini yoqtirmaydi va oz vaqt o'tgandan keyin Chadning o'rniga Dave Grohl keladi. Nevermind albomi chiqgan 1991-yil guruhning eng muvafaqqiyatli yillardan biri edi. Albomdagi "Smells Like Teen Spirit" bir qancha hit-paradda birinchi o'rin oldi.

1992-yil Courtney Love bilan turmush quradi va o'sha yili qizi, Frances Bean Cobain tug'iladi. 1993 va 1994-yillar Kurtning mashhurlik cho'qqisiga erishgan yillar bo'ladi. Bu Mashhurlik Kurtga uncha yoqmas edi.

1994-yil Aprel oyida ko'p dozada narkotik qabul qilib, o'zini o'ldirgan Kurt, o'lganidan keyin juda ko'p so'roq belgilari qoldiradi. Cobain narkoman ekanligini hamma bilsada, o'limidan keyin bir qancha teorilar paydo bo'ladi.

Bu teoriyalardan bittasi, Cobainning qonida bir odamni o'ldirishga yetadigan, juda kotta dozada geroin topilganligidir. Cobain o'ldiradigan dozadan 3 martta ko'p geroin qabul qiladi va to'pponcha bilan og'zidan otilgan holda topiladi. Bu vahshiyliklarni o'ziga qilishi mumkun emas edi. O'limidan oldin yozib qoldirgan hatning ohirida Courtneyning yozuvlari ham bor edi. Bu mavzu halizgacha ochiqlana olmadi.

Cobain, guruhni ijodini tushunmasdan unga muhlislik qilgan muhlislarga jahli chiqar edi. Eng yomon hodisalardan bittasi, ikki erkak Nirvananing "Polly" qo'shig'ini kuylab bir yosh ayolni zo'rlaganliklari edi. Cobain bu hodisaga o'z qarshiligini quyidagicha izohladi: "O'tgan yili bir yosh qiz, "Polly" nomli qo'shig'imizni kuylayotgan ikki sperma va tuhum isrofchilari tarafidan zo'rlandi. Muhlislarimizni orasida shunaqa planktonlar borligini bilib yashash man uchun juda qiyin."

Kurt Cobain haqidagi o'lim nazariyalari

Cobainning o'lim maktubi
Cobainning o'lim maktubi
  • Kurt Cobainning qonida topilgan geroin, bitta insonni o'ldirishga yetadigan geroin miqdoridan uch baravar ko'p edi. Bunaqa kotta miqdorda geroin qabul qigan inson o'zini otishi mumkun emas. Cobain ancha vaqtdan beri geroin qabul qilar edi, uning organizmi bunga o'rgangan degan ochiqlamalar ham bo'ldi. Lekin inson organizmi bunday katta miqdorga o'rgana olmaydi. Geroin hammaga bir hil ta'sir qiladigan modda.
  • Cobainni atrofidagi jismlar va u o'zini otgan to'pponchada uning barmoq izlari yo'q edi.
  • Odamni o'ldiradigan miqdordagi geroindan 3 barobar ko'p miqdorda geroin qabul qilib, shunday ham o'lishini bilgan odam nima uchun o'zini otsin?
  • Eng asosiy voqealardan biri Kurt o'lganidan keyin uning kredit kartasining topilmaganligi. Kurt o'ldirilganidan 2 soat keyin uning kredit kartasidan noma'lum odamlar gul yuvormoqchi bo'libdilar. Kart kimlarning qo'liga qanday qilib tushib qolgan edi?
  • O'lishidan oldin yozgan hatining ohirgi 4-5 qatori va hatning boshidagi 'Boddah' (Cobainning bolaligida o'zi to'qib chiqargan hayoliy do'sti) so'zi boshqa qo'l tarafidan yozilganligi.Ohirida boshqa qo'l tarafidan yozilgan Iltimos Courtney, davom et, Frances uchun. Hayot mansiz yanada osonroq bo'ladi. Seni sevaman. Seni sevaman yozuvlari bo'lmasa, hat o'lim hatidan ko'ra musiqiy kariyera bilan hayrlashuv hatiga o'hshaydi.
  • Amerikalik polygram mutahassisi Eldon Hokega Courtney, Kurtni o'ldirishi uchun 50 ming dollar taklif qilgani haqida 'Kurt & Courtney' hujjatli filmida gapiradi. Gapirganidan 8 kundan keyin poyezd halokatida o'ladi. Bularning hammasi juda shubhali.
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Kurt Cobain haqida sahifa mavjud.