Isroil Madrimov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MrErgashev (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19: Qator 19:
|}}
|}}


Isroil Madrimov ([[1995-yil]] [[16-fevral]], [[Xorazm viloyati]], [[Oʻzbekiston]]) — 75 kg vazn toifasida isteʼdodli [[Boks|boks]]chi, [[Boks boʻyicha Jahon chempionati]] sovrindori va [[Boks boʻyicha Osiyo chempionati]] gʻolibi, „[[Uzbek Tigers]]“ jamoasi aʼzosi.
Isroil Madrimov ([[1995-yil]] [[16-fevral]], [[Xorazm viloyati]], [[Oʻzbekiston]]) — 75 kg vazn toifasida isteʼdodli [[Boks|boks]]chi, [[Boks boʻyicha Jahon chempionati]] sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi va „[[Uzbek Tigers]]“ jamoasi aʼzosi.


== Biografiya ==
== Biografiya ==

18-Iyun 2020, 05:22 dagi koʻrinishi

Isroil Madrimov
Statistikasi
Asl ismi Isroil
Laqabi Professor
Vazni 75kg
Millati oʻzbek
Tavalludi 16-fevral 1995-yil (1995-02-16) (29 yosh)
Xorazm, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Uslubi havaskor

Isroil Madrimov (1995-yil 16-fevral, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) — 75 kg vazn toifasida isteʼdodli bokschi, Boks boʻyicha Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi va „Uzbek Tigers“ jamoasi aʼzosi.

Biografiya

  • Isroil Madrimov boks bilan 2006 yildan shugʻullanadi. Birinchi murabbiylari — Bahrom Quryozov, Ruslan Ibodullayev va Quvondiq Jabborov.
  • 2010 yilda Chirchiq olimpiya zaxiralari sport kollejiga oʻqishga kirgan. Toʻlqin Qilichev, Rustam Saidov, Ikrom Berdyiev, Alisher Rahimov kabi ustozlardan saboq olgan.
  • 2014 yilda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan XVII Osiyo oʻyinlarida dastlabki xalqaro sovrinini qoʻlga kiritgan. Musobaqada finalgacha yetib borgan Madrimov, hal qiluvchi bahsda jahon chempioni, qozogʻistonlik Daniyar Yeleusinovga qarshi ringga chiqib, bellashuvni boy bergan va kumush medal sohibiga aylangan[1].
  • 2017 yil Toshkentda boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida Isroil Madrimov oltin medalni qoʻlga kiritib, Osiyo chempioniga aylangan. Finalda Madrimov, koreyalik bokschi Dong Yun Lini katta ustunlik bilan magʻlub etgan[2].
  • 2017 yilning oktabr oyida Qozogʻistonning Aktau shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha xalqaro turnirda Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida tengsiz ekanligini isbotladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. Tashkilotchilar Isroil Madrimov Qozogʻistondagi turnirning eng yaxshi bokschisi deb topishdi[3].
  • 2017 yilning 8-12 noyabr kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi „Dinamo“ sport saroyida boks boʻyicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Musobaqaning eng yorqin bokschilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Isroil Madrimov finalda rossiyalik Igor Ivanchenkoni katta ustunlik bilan magʻlub etdi[4]. Bundan tashqari Isroil musobaqaning eng yaxshi bokschisi deya eʼtirof etildi.
  • Rossiyaning Beloyarskiy shahrida 2017 yilning 22-27 noyabr kunlari oʻtkazilgan boks boʻyicha Neft mamlakatlari jahon kubogi musobaqasining finalida Isroil Madrimov 75 kg vazn toifasida rossiyalik taniqli sportchi Andrey Kovalchuk bilan kuch sinashdi. Rossiyalik sortchining qoʻli baland kelib, Isroil kumush medal bilan chegaralandi.

Manbalar