Panjob: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
→‎Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Qator 5: Qator 5:
== Manbalar ==
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{manbalar}}

{{no iwiki}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->

13-Sentyabr 2019, 13:26 dagi koʻrinishi

Panjob

Panjob — Janubiy Osiyodagi tarixiy va geografik viloyat. Hind-Gang tekisligining shimoliy qismi. Jelam, Chinob, Ravi, Bias va Satlaj daryolari (Hind havzasi)dan sugʻoriladi. Jahon madaniyatining eng qadimiy markazlaridan biri (qarang Xapanna madaniyati). Panjobni miloddan avvalgi VI asrda forslar, miloddan avvalgi IV asrda Aleksandr qoʻshinlari, milodning boshida kushonlar bosib olgan; X asrdan XVIII asrning 2 - yarmigacha musulmon hukmdorlari qoʻlida boʻlgan. XVI asrda Panjob hududida sikhlar harakati boshlanib, natijada ular oʻz davlati (1765—1849)ni barpo etganlar. Bu davlat ingliz-sikh urushlari (1845—46 va 1848—49) natijasida ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olingan. 1947 - yilda Panjob hududi Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida boʻlib olingan: sharqiy Panjob Hindiston Respublikasi shtatiga, gʻarbiy Panjob Pokiston viloyatiga aylangan.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil