Poʻlat Moʻmin: Versiyalar orasidagi farq
k added Category:2-martda vafot etganlar using HotCat |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 8: | Qator 8: | ||
{{DEFAULTSORT:Moʻmin, Poʻlat}} |
{{DEFAULTSORT:Moʻmin, Poʻlat}} |
||
== Havolalar == |
== Havolalar == |
||
* http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=691 |
* [http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=691 Po'lat Mo'min (1922) – Ziyouz] |
||
⚫ | |||
* http://kitob.uz/view_data.php?id=964# |
|||
* [http://ijod.uz/?p=6774 Мамасоли Жумабоев. Одоб ва офтоб куйчиси] |
|||
⚫ | |||
* |
*[http://people.ziyonet.uz/ people.ziyonet.uz] |
||
* http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/po%E2%80%98lat_mo%E2%80%98min |
|||
{{OʻzME}} |
{{OʻzME}} |
23-Iyul 2018, 14:31 dagi koʻrinishi
Poʻlat Moʻmin (taxallusi; asl ism-sharifi Poʻlat Moʻminov) (1922.24.12 – Toshkent – 2004.2.3) — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik bilan shugʻullangan (1944–1947). "Lenin uchquni" gazetasida adabiy xodim (1948–50), Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri (1951–1952), respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954–60), Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida dramaturgiya boʻyicha bosh muharrir (1962–64).
Ilk sheʼrlar toʻplami – "Sayrang, qushlar" (1949). Shundan keyin uning "Tong kuylari" (1949), "Oltin boshoqdor" (1951), "Tish choʻtkasi ertagi" (1955), "Hunardan unar" (1958), "Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlur" (1960), "Aql qayerda boʻlar" (1962), "Oltin nay" (1967), "Yaxshilarga oʻxshasam" (1975), "Rahmatga rahmat!" (1969), "Eson va Omon" (1973), "Ertaqdan ertakka" (1989), "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" (1984), "Yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim" (1993), "Bugʻdoy bobo" (1995), "Bolajon, bolajonim" (2003) va boshqa bolalarga bagʻishlangan sheʼr va ertaklardan iborat toʻplamlari, "Kul-di xiyol" (1964), "Gul va piyoz" (1971), "Qoʻshiq aytib" (1985) singari qoʻshiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan. Poʻlat Moʻmin mumtoz oʻzbek adabiyoti anʼanalarini davom ettirib, gʻazal, tuyuq, fard janrlarida ham koʻplab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qoʻshiqlari gʻazal janrida yozilgan. Poʻlat Moʻminning bolalar hayotidan olingan "Qovoqvoy bilan Chanoqvoy", "Suqatoy va Konfetvoy" (1970), "Bahodirning botirligi" (1972), "Ona bolam deydi, bola onam deydi" (1975), "Oq fil yoʻqoldi" (1983), "Tuyakush-boyaqish" (1987) pyesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. A.S. Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bagʻishlangan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Manbalar
- Ibn shifo – ulashar davo, T.: 2003.
Havolalar
- Po'lat Mo'min (1922) – Ziyouz
- Po‘lat Mo‘min (1922-2004) – Ziyouz
- Мамасоли Жумабоев. Одоб ва офтоб куйчиси
- people.ziyonet.uz
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |