Mahmud III: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tahrir izohi yoʻq
k Nataev Mehmed III sahifasini Mahmud IIIga koʻchirdi
(Farq yoʻq)

27-Mart 2017, 04:51 dagi koʻrinishi

Mehmed III
Tavalludi 26-may 1568-yil
Vafoti 12-oktyabr 1603-yil(1603-10-12)
(35 yoshda)
Fuqaroligi Usmonli imperiyasi
Otasi Murod III
Onasi Safiya Sulton

Muhammad III, Mehmed III (1568-1603) Usmonlilar imperiyasi sultoni[1].

Biografiya

1595-1603-yillarda hukmronlik qilgan. Murod IIIning katta oʻgʻli. Taxtga chiqishi bilan 19 nafar aka-ukalarini qatl ettirgan. Bu qoʻrqoq sulton sulolasining boshqa vakillarini boshqaruvdan chetlatib, ularni maxsus „Qafas“ nomli joyda tutqunlikda saqlagan. U otasining siyosatini davom ettirib, Avstriya bilan kurash olib bordi. Avstriyaliklarning Dunaydagi gʻalabasi yanicharlarning gʻalayoniga sabab boʻldi. 1596-yilda sulton Krestesha jangida avstro-venger qoʻshinini tor-mor keltirdi. Sulton gʻalabadan foydalanmay Istanbulga qaytdi. Urush Usmoniylarni ham Avstriyani ham holdan toydirdi. Mehmed (Muhammad) III Istanbulga qaytgach, koʻp oʻtmay vafot etdi. Taxtga uning oʻgʻli Ahmad I chiqdi.

Manbalar