Mumbay: Versiyalar orasidagi farq

Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
2 021 bayt qoʻshildi ,  9 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
k (Birlashtirish andozasi almashtirildi)
Tahrir izohi yoʻq
{{birlashtirish|Bombay}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{Infobox Shahar
| rasmiy_nomi = Mumbay
}}
'''Mumbay''' (avvalgi nomi '''Bombay''') — [[Hindiston]]ning sobiq poytaxti, hozirda [[Maharashtra]] shtatining markazi.
 
[[Tasvir:Mumbai_Montage.jpg|400px|right|thumb|Mumbay manzaralari]]
'''Bombay''', Mumbay (Mumba maʼbudasi nomidan) — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatining maʼmuriy markazi (I960 y.dan). Hindistonning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi Bombay va Solsett o.larida joylashgan, koʻprik va koʻtarmalar bilan materikka tutashgan. Aholisi 9,9 mln. kishi (1991).
 
B.ni 1532 y.da Portugaliya mustamlakachilari bosib olgan. 1661 y.dan Angliya ixtiyoriga oʻtdi. 1668 y.dan inglizlarning OstIndiya kompaniyasi B. da harbiy va savdo bazalar qura boshladi. 19-a.da Hindistonning muhim iktisodiy va ijtimoiy markaziga aylandi. B.da hindistonliklarning ingliz mustamlakachilariga qarshi siyosiy chiqishlari boʻlib oʻtgan (1908, 1946). B. mamlakat shaharlari orasida aholisining soni boʻyicha birinchi, iktisodiy va madaniy mavqei jihatidan ikkinchi oʻrinda. Shaharda turli dindagi har xil millat vakillari (marathlar, gujoratlar, sekxlar, balujlar, otashparast forelar) yashaydi. B. Hindistonning Arabiston dengizi sohilidagi eng katta porti. Bir yillik yuk ortib tu shiri sh 30 mln. t. B.da yirik tovar, fond, paxta birjalari, milliy va chet el banklari, sugʻurta kompaniyalari joylashgan. Ichki va xalkaro aviatsiya yoʻllari tuguni. Mamlakatning asosiy eksport va importi B. orkali utadi. Chetga marganes va b. r udal ar, paxta, ip gazlama, teri va charm, moyli oʻsimlik urugʻlari chiqariladi. Chetdan mashina va uskunalar, kumir, neft, gʻalla keltiriladi. Sanoati rivojlangan. B. mamlakatning asosiy sanoat xususan, toʻqimachilik sanoati markazlaridan biri (mamlakat ip gazlama sanoatining kariyb 3/4 qismi B.da), shuningdek bankmoliya markazi; B.da nefti i qayta ishlash, mashinasozlik, yogʻochsozlik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoklari mavjud.
 
B. binolari yevropacha va hindcha uslub bilan asosan 19—20-a.larda qurilgan. B. orolidagi fort (qalʼa) shaharning shahristoni hisoblanadi. Bu yerda davlat muassasalari, banklar, unt (18S7) va b. bor. B. markazida katta Kroford bozori (1871) joylashgan. B. yaqinida Tarapur AES bor. Shahar 16 a.dan maʼlum.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
== Havolalar ==
 
{{geo-stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Geografiya]]
[[Turkum:Shaharlar]]

Navigatsiya