Botsvana: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{Botsvana_info}}
{{Botsvana_info}}

<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Botsvana''', (Botswana), Botsvana Respublikasi ({{lang-en|Republic of Botswana}}) — Janubiy Afrikadagi davlat. Maydoni 600,4 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 2 098 018 kishi (2012). Poytaxti — [[Gaborone]] shahri Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi.
'''Botsvana''', (Botswana), Botsvana Respublikasi ({{lang-en|Republic of Botswana}}) — Janubiy Afrikadagi davlat. Maydoni 600,4 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 2 098 018 kishi (2012). Poytaxti — [[Gaborone]] shahri Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi.


Qator 14: Qator 12:


== Tarixi ==
== Tarixi ==
Botsvananing 19-a.gacha boʻlgan tari[[x]]i kam oʻrganilgan. Qoyalarda saqlanib qolgan rasmlardan maʼlum boʻlishicha, B.ning tub aholisi bushmenlar (sanlar) koʻchmanchi boʻlib yashaganlar, ovchilik va yovvoyi dara[[x]]t mevalarini yigʻish b-n shugʻullanganlar. Ta[[x]]m. mil. 8-a.da rivojlanishning yuqoriroq pogʻonasidagi bantular bushmenlarni Kalahari choʻli ichkarisiga surib tashlaganlar. B.ning hoz. asosiy aholisi tsvanalar avval hoz. Transvaalda yashagan. Shim.dan bostirib kelgan [[x]]alqlar qisuvida ular 17-a. o[[x]]iri — 18-a. boshlarida B.ga kelib qolganlar. 19-a. boshlarida ular bir necha mustaqil qabila ittifoqdariga birlashdilar. Jan. zulular b-n boʻlgan urushlar B.ni gʻorat qildi. 1820 y. B.da yevropaliklarning birinchi [[x]]ristian missiyasi ochildi. Keyinchalik ingliz mustamlakachilari Jan. Afrikani qoʻlga kiritishda B.dan harbiystrategik baza sifatida foydalandilar. Angliya 1885 y. hoz. B.ni Bechuanalend nomi b-n oʻz protektorata deb eʼlon qildi. Aslida u mustamlakaga aylantirilgan edi. B. aholisi mustamlaka zulmiga qarshi uzluksiz kurashib keldi. Bu kurash 20-a.ning 2030-y.larida avj olib ketdi. 2-jahon urushida inglizlarning Yaqin Sharq va Yevropadagi harbiy operatsiyalarida 10 ming tsvana ishtirok etdi. Urushdan keyin Afrikada boshlangan milliy ozodlik harakati protektoratdagi ozodlik harakatiga katta taʼsir qildi. Angliya B.ga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berishga majbur boʻldi. 1966 y. 30 sent.da Bechuanalend Botsvana nomi b-n mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. B. Afrika qitasining jan. qismida mustaqillik bayrogʻini koʻtargan birinchi davlat boʻldi. 1966 y. okt.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30 sent.— Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1966).
Botsvananing 19-asrgacha boʻlgan tarixi kam oʻrganilgan. Qoyalarda saqlanib qolgan rasmlardan maʼlum boʻlishicha, B.ning tub aholisi bushmenlar (sanlar) koʻchmanchi boʻlib yashaganlar, ovchilik va yovvoyi dara[[x]]t mevalarini yigʻish b-n shugʻullanganlar. Ta[[x]]m. mil. 8-a.da rivojlanishning yuqoriroq pogʻonasidagi bantular bushmenlarni Kalahari choʻli ichkarisiga surib tashlaganlar. B.ning hoz. asosiy aholisi tsvanalar avval hoz. Transvaalda yashagan. Shim.dan bostirib kelgan [[x]]alqlar qisuvida ular 17-a. o[[x]]iri — 18-a. boshlarida B.ga kelib qolganlar. 19-a. boshlarida ular bir necha mustaqil qabila ittifoqdariga birlashdilar. Jan. zulular b-n boʻlgan urushlar B.ni gʻorat qildi. 1820 y. B.da yevropaliklarning birinchi [[x]]ristian missiyasi ochildi. Keyinchalik ingliz mustamlakachilari Jan. Afrikani qoʻlga kiritishda B.dan harbiystrategik baza sifatida foydalandilar. Angliya 1885 y. hoz. B.ni Bechuanalend nomi b-n oʻz protektorata deb eʼlon qildi. Aslida u mustamlakaga aylantirilgan edi. B. aholisi mustamlaka zulmiga qarshi uzluksiz kurashib keldi. Bu kurash 20-a.ning 2030-y.larida avj olib ketdi. 2-jahon urushida inglizlarning Yaqin Sharq va Yevropadagi harbiy operatsiyalarida 10 ming tsvana ishtirok etdi. Urushdan keyin Afrikada boshlangan milliy ozodlik harakati protektoratdagi ozodlik harakatiga katta taʼsir qildi. Angliya B.ga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berishga majbur boʻldi. 1966 y. 30 sent.da Bechuanalend Botsvana nomi b-n mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. B. Afrika qitasining jan. qismida mustaqillik bayrogʻini koʻtargan birinchi davlat boʻldi. 1966 y. okt.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30 sent.— Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1966).


Snyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. B. demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1962 y.da asos solingan; Liberal partiya, 1983 y. tashkil etilgan; B. [[x]]alq partiyasi, 1960 y.da asos solingan; B. milliy fronti, 1965 y.da tuzilgan; B. mustaqilligi partiyasi, 1962 y.da asos solingan; B. kongressi partiyasi, 1998 y.da tuzilgan. B. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1976 y.da tashkil etilgan.
Snyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. B. demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1962 y.da asos solingan; Liberal partiya, 1983 y. tashkil etilgan; B. [[x]]alq partiyasi, 1960 y.da asos solingan; B. milliy fronti, 1965 y.da tuzilgan; B. mustaqilligi partiyasi, 1962 y.da asos solingan; B. kongressi partiyasi, 1998 y.da tuzilgan. B. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1976 y.da tashkil etilgan.

12-Mart 2013, 08:42 dagi koʻrinishi

Botsvana Respublikasi
Republic of Botswana
Shior"Pula"
"Rain"
(Yomgʻir)
Madhiya: Fatshe leno la rona
Location of Botsvana
Poytaxt Gaborone
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Yak Kxame
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
30-sentabr 1966
Maydon
• Butun
581 730 km2 (47-oʻrin)
• Suv (%)
2.6
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
2 098 018 (144-oʻrin)
• Zichlik 3,4/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$26,563 mil. (107-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$14,906
Pul birligi Pula (BWP)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma BC
Telefon prefiksi 267
Internet domeni .bw

Botsvana, (Botswana), Botsvana Respublikasi (inglizcha: Republic of Botswana) — Janubiy Afrikadagi davlat. Maydoni 600,4 ming km2. Aholisi 2 098 018 kishi (2012). Poytaxti — Gaborone shahri Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

Botsvana — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1966-yil 30-sentyabrda qabul qilingan va keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi — Milliy assambleya (parlament). Milliy assambleya spiker va 45 deputatdan iborat. 40 deputatni aholi umumiy saylov yoʻli bilan saylaydi, 4 deputatni respublika prezidenta tayinlaydi, bosh prokuror lavozimiga koʻra parlament aʼzosi hisoblanadi. Ijrochi hokimiyat prezident, vitseprezident va hukumat tomonidan amalga oshiriladi. 15 aʼzodan iborat maslahat organi — qabila boshliqlari palatasi ham bor.

Tabiati

Botsvana Kalahari berk botigʻi va uning atrofidagi platolarni egallagan. Yer yuzi tekislik, sharqi bir oz pastibaland. Oʻrtacha baland joyi — 800—1000 m, gʻarbda 1200 m gacha boradi. Kembriygacha paydo boʻlgan jinslardan tarkib topgan zamin ustida yuqori boʻr va kaynozoy yotqiziqlari yotadi. Kumir, asbest, marganes, misnikel rudalari, olmos, tuz kabi qazilma boyliklari bor. Iqlimi quruq subtropik, shimolda tropik iqlim. Oʻrtacha tra yanvarda 21—27 C°, iyulda 16 C°. Yiliga 250—600 mm yogʻin yogʻadi. Limpopo daryosi irmoqlari oʻtadigan qizilqoʻngʻir tuproqli yerlarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Arslon, qoplon, chiyaboʻri, sirtlon, zebra, jayran, kaltakesak, ilon kabi xilma-xil jonivorlar bor. Milliy bogʻlari: Imsbok, Chobe, Nskay-Pan.

Aholisi

Aholisi, asosan, bantu tillari guruhiga kiruvchi tavanalardir (jami aholining 75%). Shimoli-sharq va choʻl hududlarda bushmenlar yashaydi. Bir necha ming yevropaliklar bor. Aholining 62% xristianlar; 32% anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Aholining 24,1% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — ingliz va setsvana yoki tsvana tillari. Yirik shaharlari — Gaborone, Frensistaun, Lobatsi.

Tarixi

Botsvananing 19-asrgacha boʻlgan tarixi kam oʻrganilgan. Qoyalarda saqlanib qolgan rasmlardan maʼlum boʻlishicha, B.ning tub aholisi bushmenlar (sanlar) koʻchmanchi boʻlib yashaganlar, ovchilik va yovvoyi daraxt mevalarini yigʻish b-n shugʻullanganlar. Taxm. mil. 8-a.da rivojlanishning yuqoriroq pogʻonasidagi bantular bushmenlarni Kalahari choʻli ichkarisiga surib tashlaganlar. B.ning hoz. asosiy aholisi tsvanalar avval hoz. Transvaalda yashagan. Shim.dan bostirib kelgan xalqlar qisuvida ular 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida B.ga kelib qolganlar. 19-a. boshlarida ular bir necha mustaqil qabila ittifoqdariga birlashdilar. Jan. zulular b-n boʻlgan urushlar B.ni gʻorat qildi. 1820 y. B.da yevropaliklarning birinchi xristian missiyasi ochildi. Keyinchalik ingliz mustamlakachilari Jan. Afrikani qoʻlga kiritishda B.dan harbiystrategik baza sifatida foydalandilar. Angliya 1885 y. hoz. B.ni Bechuanalend nomi b-n oʻz protektorata deb eʼlon qildi. Aslida u mustamlakaga aylantirilgan edi. B. aholisi mustamlaka zulmiga qarshi uzluksiz kurashib keldi. Bu kurash 20-a.ning 2030-y.larida avj olib ketdi. 2-jahon urushida inglizlarning Yaqin Sharq va Yevropadagi harbiy operatsiyalarida 10 ming tsvana ishtirok etdi. Urushdan keyin Afrikada boshlangan milliy ozodlik harakati protektoratdagi ozodlik harakatiga katta taʼsir qildi. Angliya B.ga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berishga majbur boʻldi. 1966 y. 30 sent.da Bechuanalend Botsvana nomi b-n mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. B. Afrika qitasining jan. qismida mustaqillik bayrogʻini koʻtargan birinchi davlat boʻldi. 1966 y. okt.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30 sent.— Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1966).

Snyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. B. demokratik partiyasi, hukmron partiya, 1962 y.da asos solingan; Liberal partiya, 1983 y. tashkil etilgan; B. xalq partiyasi, 1960 y.da asos solingan; B. milliy fronti, 1965 y.da tuzilgan; B. mustaqilligi partiyasi, 1962 y.da asos solingan; B. kongressi partiyasi, 1998 y.da tuzilgan. B. kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1976 y.da tashkil etilgan.

Xoʻjaligi. B.— kon sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Q. x. iqtisodiyotning negizini tashkil etadi. Unda aholining 75% band. Chorvachilik — xoʻjalikning eng muhim tarmogʻi. Qoramol, echki, qoʻy, ot, eshak va xachir boqiladi. Joʻxori, tariq, makkajoʻxori, bugʻdoy, dukkaklilar va b. ekiladi. Mamlakatdagi yevropalik fermer xoʻjaliklarida yer yongʻoq, tamaki, kartoshka, kungaboqar, sitrus mevalar, paxta ham yetishtiriladi.

Sanoati mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin rivojlana boshladi. Mis, nikel, marganes, asbest, olmos (1995 y. 18,5 mln. qirot), koʻmir qazib olish yoʻlga qoʻyildi. Lobatsida mol soʻyish va konserva tayyorlash fkasi bor. Suyak uni, yogʻ, sovun va pivo ishlab chiqaradigan kichik korxonalar mavjud. Bir yilda 929 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

B.da temir yoʻl uz. 900 km, avtomobil yoʻllari uz. 15 ming km ga yaqin (uning 4,5 ming km qattiq qoplamali). Asosiy aeroporti — Gaborone sh.da. B. chetga marganes rudasi, olmos, mis, nikel, chorvachilik mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mexanizmlar va asbobuskunalar, don, un, toʻqimachilik mahsulotlari, tayyor kiyimlar, keng isteʼmol mollari, q. x. asboblari, neft mahsulotlari va b. keltiradi.

Mamlakat hududining 17% qoʻriqxona va milliy bogʻlardan iborat. Har yili 300 mingga yaqin turist kelib ketadi. Pul birligi — pula.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. B. da chiqadigan asosiy gaz. va jur.lar: "Botsvana gardian" ("Botsvana posboni", ingliz tilidagi haftalik xususiy gaz., 1982 y.dan), "Botsvana deyli nyus" ("Shu kunning yangiliklari", setsvana va ingliz tillaridagi kundalik hukumat gaz., 1964 y.dan), "Riporter" ("Muxbir", ingliz tilidagi haftalik gaz., 1984 y.dan), "Terisano" ("Maslahat", ingliz va setsvana tilida chiqadigan oylik gaz.), "Kutlvano" ("Hamjihatlik", setsvana va ingliz tilida chiqadigan oylik jur.). B. matbuot agentligi (BOPA), hukumat axborot agentligi hisoblanadi; 1981 y.da asos solingan. B. radiosi 1965 y.da tashkil etilgan. B. telekoʻrsatuvi uyushmasi mavjud.

Xalq maorifi va ilmiy muassasalari. 1970-y.larning boshlarida boshlangich maktabda oʻqish haqi 2 baravar qisqartirildi; 1976 y. setsvana yoki tsvana tilini oʻrganish, 1980 y.dan bolalar uchun 6 yoshdan bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Boshlangʻich maktablar — 7 y.lik; oʻrta maktablar — 5 y.lik, pulli. Davlat maktablari b-n bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich va toʻliq oʻrta maktablar negizida hunartexnika taʼlimi amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlarida tayyorlanadi. 1982 y. Gaboroneda B. davlat unta tashkil etilgan (3 mingga yaqin talaba taʼlim oladi). Bundan tashqari B. qishloq xoʻjalik kolleji (1967), unt huzuridagi Taraqqiyot va madaniy tadqiqotlar milliy in-ti ham bor. Gaboroneda B. kutubxonasi (1968) va Milliy arxiv (1967), milliy muzey va badiiy galereya (1968), Mochudida etnografiya muzeyi (1976) ishlaydi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Mamlakat shim.sharkidagi Ramokgveban harobalarining qoldiqlari asosida qilingan taxminlarga koʻra, B. aholisi qadimda bal. 4,5 m ga yaqin devorli choʻziq doirasimon tosh uylar qurgan, tomini "baliq suyagi" toifasidagi gʻishtin hoshiya b-n bezagan, yoniga kesik konus shaklida 9 m gacha balandlikdagi minora tiklagan. Mahalliy aholi suv manbalari atrofidagi manzilgoxlarda yashaydi. Qoziq devor b-n oʻralgan qoʻrgʻonda 5—6 kulba muayyan tartibqoidasiz erkin joylashtiriladi. Aksariyati sirtidan tirgaklar b-n mustahkamlangan konus shaklidagi kulbalardan iborat. Toʻqima devorlar loy b-n suvalib, oqlab qoʻyiladi. Odatda kulbaning derazasi boʻlmaydi, poli yer. Ahyonahyonda tosh yoki gʻishtdan qurilgan, derazali va guvala pechli toʻrtburchak uylar uchraydi. Gaboroneda temirbeton konstruksiyalardan jamoat va savdo-sanoat binolari qurilmoqda. Yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan. Munchoq, mis sim va temirdan ayollar zebziynat buyumlari yasaladi. Qush va hayvonlar tasvirlangan sopol idishlar uchraydi. Poxoldan toʻqilgan xaltachalarga rangdor naqshlar solinadi, hayvon terisidan gilamchalar yasaladi. Musiqasi. B. musiqiy madaniyata mamlakatda yashovchi xalklarning xilma xil musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Cholgʻu asboblari ham xilmaxil. B.da kvadi yoki losib deb ataladigan tor, sekokvane deb ataladigan surnaysimon asbob, segankuru deb ataladigan nay, ditlak deb ataladigan fleyta keng tarqalgan. Jonivorlarning shoxlaridan ham musiqa asbobi sifatida foydalaniladi. B.da qoʻshiq b-n raqsni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Turlituman marosim va rasmrusum qoʻshiqlari albatta raqs b-n birga ijro etiladi. Keyingi vaqtda zamonaviy musiqiy shakllar ham rivojlana boshladi. Musiqa kadrlarini Gaboronedagi unt kolleji tayyorlaydi. B. milliy muzeyida musiqa asboblarining boy majmuasi toʻplangan.[1]

Botswana (Botswana Respublikasi) poytaxti - Gaborone shahri. BMT a'zosi

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil