Proteksionizm siyosati: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MrErgashev (munozara | hissa)
"Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli hil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati. Proteksionizm siyosati olib borilgan..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
 
ZéroBot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Bot qoʻshdi: ru:Протекционизм
Qator 41: Qator 41:
[[pl:Protekcjonizm]]
[[pl:Protekcjonizm]]
[[pt:Protecionismo]]
[[pt:Protecionismo]]
[[ru:Протекционизм]]
[[sh:Protekcionizam]]
[[sh:Protekcionizam]]
[[simple:Protectionism]]
[[simple:Protectionism]]

30-Yanvar 2013, 10:38 dagi koʻrinishi

Proteksionizm siyosati — ichki bozorni turli hil iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalash siyosati. Proteksionizm siyosati olib borilganda, erkin savdo yoʻlida juda koʻp toʻsiqlar mavjud boʻladi. Ularning asosiylari quyidagilar:

  1. Boj toʻlovlari. Boj toʻlovlari import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin;
  2. Import kvotalari. Import kvotalari yordamida maʼlum bir vaqt oraligʻida import qilinishi mumkin boʻlgan tovarlarning maksimal hajmi oʻrnatiladi;
  3. Tarifsiz toʻsiqlar. Taʼrifsiz toʻsiqlar deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga standartlar qoʻyish yoki oddiy maʼmuriy taqiqlashlar tushuniladi;
  4. Eksportni ixtiyoriy cheklash. Eksportni ixtiyoriy cheklash savdo toʻsiqlarining nisbatan yangi shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari oʻzlarining maʼlum mamlakatga eksportini ixtiyoriy ravishda cheklaydi.