Maxsum mullo Jalil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maxsum mullo Jalil
Tavalludi
Tojikistonning Kulob viloyati
Istiqomat joylari orakoʻl tumanining Poykand mavzesidagi Qulonchi qishlogʻi

Maxsum mullo Jalil (imom)

Toʻliq ismi Maxsum mullo Jalil ibn Vafo boʻlib, u 1890 yili Tojikistonning Kulob viloyatida tugʻilgan. U Mir Arab madrasasining mudarrisi Sayyid Ahmad qori Abulqosim oʻgʻli tomonidan madrasaga oʻqishga olib kelingan.

Maxsum mullo Jalil ibn Vafo madrasa tahsilidan soʻng Qorakoʻl tumanining Poykand mavzesidagi Qulonchi qishlogʻi masjidiga imom etib tayinlangan. Shu qishloqda turgʻun yashab, oila qurgan va olti farzandli boʻlagan.

Farzandlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isomiddin, Hikmatoy, Hamidaoylar olamdan oʻtgan. Hanifa bibi, Ikromiddin va Shamsiddinlar esa 2016-yilda hayot boʻlgan. Ikromiddin Vafoev xalq taʼlimi tizimida koʻp yillar faoliyat yuritgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mullo Jalil 1953 yili 63 yoshda vafot etgan. Mast Ali qabristoniga dafn qilingan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Azizxoʻja Inoyatov, Muzayyam Solieva. Zulmatdagi ziyokorlar. Hilol-Nashr. 2016. 63.