Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Xurramiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mavlono Xurramiy
Kasbi Shoir

Mavlono Xurramiy (XV–XVI asr) — fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir[1]. Uning „Ravzat ul-oshiqin“ („Oshiqlar bogʻi“) asari mavjud. Asar 1547-yilda Buxoroda Abdulazizxon (h. 1540–1549) davrida fors tilida yozilgan boʻlib, uning 1691-yildagi koʻchirilgan nusxasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi[2].

Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning feʼli yomonligi, sovuq va yoqimsiz qiliqlari tufayli Xurosonda yashay olmasdan, Iroqqa, keyinroq Makka va Madinaga borib, anbiyo va shayxlarning qabr­larini ziyorat qilgani, ammo safardan avvalgidan-da badfeʼl va badjahl boʻlib qaytganligi, shunday tabiati bilan yana sheʼr ham yozishi, tabʼ ahlini pisand qilmasligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Ovozai ruxi gul to boz bar nayoyad,

Dar boʻston zi bulbul ovoz bar nayoyad.

(Mazmuni: Gulning yuzi haqida yana bir ovoza tarqalmaguncha, boʻstonda bulbuldan ham sado chiqmaydi)[3][4].

  1. Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  2. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  3. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  4. Majolis un-nafois.