Mavlono Kavkabiy II
Qiyofa
Mavlono Kavkabiy II (XV asr) – mashhadlik forsiynavis shoir, Shayx Boyazid Yalaning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning beshinchi majlisida tilga olingan. Alisher Navoiy uning endi tanila boshlagan shoirligini, oʻzini koʻrganligini, lekin avvallari sheʼr aytishidan bexabar ekanligini aytadi. Mavlono Kavkabiy koʻp vaqtini Mashhadda ota-bobolari maqbarasida oʻtkazgan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Kushti mani dilxastaro, turki kamon abroʻi man,
To boz yobam zindagi tiyre biyafkan soʻi mann.
(Mazmuni: Qamon qoshli goʻzalim, men dilxastani oʻldirding; menga qarata bir oʻq uzgin, toki men qayta tirilayin)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |